Musiqiy namuna

Savti Ushshoq

Савти Ушшоқ

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Savti Ushshoq : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/savti-ushshoq/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, II jild — Rost · 70–73-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Savti Ushshoq : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/savti-ushshoq/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
70–73-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Savti Ushshoq
Furqat

Agar har lahza sendin ko‘rmagim yuz ming jafo bo‘lsun,Aning har qaysi(sin) o‘rnig‘a mendin ming vafo bo‘lsun.

Bu jonkim umrlar jism ichra tinmay tarbiyat qildim,Umidim buki, jono, bir kuni sanga fido bo‘lsun.

Ko‘zumkim, kechalar bedorlig‘idin ranjlar chekti,U qilg‘on xizmatig‘a sanga bir yo‘l zeri po bo‘lsun.

Skandar shavkati birla Faridun taxtig‘a bermas,Eshiging zarra tufrog‘in agar oshiq gado bo‘lsun.

Agar olam g‘amidin har kishi topmoq amon istab,Erur olamg‘a sarmoya g‘amingg‘a oshno bo‘lsun.

Karam qil, Furqati dilxastani ko‘yingda o‘lturkim,Bosib o‘tmoqg‘a qabrig‘a yo‘ling ustida jo bo‘lsun.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

1

Talqinchai Savti Ushshoq

Nota pasporti
Sahifalar
74–77-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Talqinchai Savti Ushshoq
Atoiy

Soqiyo, keltur mayi gulgunki, xush damdur bu kun,Olami farxundau navro‘zi olamdur bu kun

Nakhati bodi sabodin topti o‘lganlar hayot,Habbazo, bodi sabo Isiyi Maryamdur bu kun.

Qomati gulgun chamanlar sahnida ta’zim uchun,Soqii gulruh bikin sarv oldida xamdur bu kun.

Har kishiga kim muyassardur parivash yor ilaJur’ae no‘sh aylamak-xoshoki, Odamdur bu kun.

Kimga kim bo‘lsa safoli birla maydin jur’ae,Ushbu to‘qqiz shishadin ko‘ngliga ne g‘amdur bu kun.

Salsabilu kavsaru moi mayin keltursalar,Jomi may majlisda barchadin muqaddamdur bu kun.

Kel dame mayxonaning baytul-haromin qil tafov,Kim sanamlar la’lidin may obi zamzamdur bu kun.

Ey Atoiy bo‘lma g‘ofil, bir nafas hamdam tila,Umr behamdam kechurmaklik base kamdur bu kun.

Audio ijro

2

Chapandozi Savti Ushshoq

Nota pasporti
Sahifalar
77–82-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Chapandozi Savti Ushshoq
Navoiy g‘azaliga Avaz O‘tar muxammasi

Visoli ichra bermakka murodim komyob aylab,Raqibin rashk o‘tig‘a bag‘rini yaksar kabob aylab,Manga lutfu inoyatu karamlar behisob aylab,Tun oqshom keldi kulbam sori ul gulruh shitob aylab,Xiromi sur’atidin gul uza haydin gulob aylab.

Paridek jilva birla ko‘rguzib chobuklik ul dilbar,Yetushdi aylabon behaddu son nozu tag‘ofillar.Olurg‘a xasta ushshoq ahlining jonini sar-to sar,Qilib mujgoni shabravlar kibi jon qasdig‘a xanjar,Beliga zulfu anbar boridin mushkin tanob aylab.

Ko‘rub boshimda olomu baliyyat toshini xirman,Qilib mehru vafovu marhamat rasmini uldam fan,Dedi la’li labin xandon etib ul sho‘xi simin tan,“Ki, ey zoru balokash oshiqim, mensiz nechuktursan?”Men o‘ldim lolu ayta olmadim mayli javob aylab.

Agarchi men bila may ichgali ul beibo quydi,Vale ag‘yor elin jomig‘a ham beintixo quydi,Maishat kosasig‘a go‘iyo obi baqo quydi,Chiqordi shishai may, dog‘i bir sog‘ar to‘lo quydi,Ichib tutdi manga yuz nav’ nozoso itob aylab.

Qilib komicha davron kimsani bu charxi ahzar toq,Avaz yanglig‘ bo‘lur sarmast ham behushu behudroq,Esa yoru anisi borho bir sho‘xi simin soq,Ani kim eltkay vasl uyoqusi ishrat tuni mundoq,Navoiydek netar to subhi mahshar tarki xob aylab.

3

Qashqarchai Savti Ushshoq

Nota pasporti
Sahifalar
82–84-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Savti Ushshoq
Furqat

Sen kabi, ey sho‘x, bir jon ofati jonon qani?Ishvada oshubi dahru fitnai davron qani?

Istasam og‘zing kabi bir g‘unchami gulshanda bor?Ko‘zlaringdek nargisu xatting kabi rayhon qani?

Jushi xusningdek nazoratlik erur qaysi chaman,Qomatingdin sarvi bo‘lgan gulshani imkon qani?

Belu og‘zing hasratida bo‘ldi maskan tangu tor,Turgali bir yerda manga sabr ila somon qani?

Deb eding o‘lganda ham ruhingga aylarman vafo,Voy kim, buzding tiriklikda, o‘shal paymon qani?

So‘rg‘oli g‘amdiyda holim notavon ko‘nglum uchunBaytul-ehsonimg‘a bir kun bo‘lganing mehmon qani?

Rozg‘orim tiyra ham telba sochi savdosidin,Furqatiy oshuftadek bir umr sargardon qani?

Audio ijro

4

Soqiynomai Savti Ushshoq

Nota pasporti
Sahifalar
85–87-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Savti Ushshoq
Munis

Yangi oy emastur hilolingcha xub,Quyosh bo‘lmog‘ondek jamolingcha xub.

Masiho dami jon berur elga, lekEmas ruhparvar maqolingcha xub.

Qizil gulki xushrangu nozik erur,Emas toza ruxsori olingcha xub.

Riyozi bihisht ichra yo‘q salsabil,Yuzing gulshanida zilolincha xub.

Emas xub zulfing kibi sunbuli,Dog‘i sarvi zebo niholingcha xub.

Jujun ichra Majnun emas, ey pariYo‘lingda bu oshufta holingcha xub.

Agarchi farobaxsh erur jomu Jam,Yo‘q, ey soqiy, sing‘on safolingcha xub.

Pariyu maloik emas, Muniso,Sening yori farxunda folincha xub.

Audio ijro

5

Ufari Savti Ushshoq

Nota pasporti
Sahifalar
87–91-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Ufari Savti Ushshoq
Uvaysiy

Bir pari paykar sumanbar yora oshiq bo‘lmisham,La’li dilkash, so‘zi xush dildora oshiq bo‘lmisham.

Maddi ohim ko‘kdadur, sorig‘ yuzimda ashki ol,Ul qadi ra’no, yuzi gulnora oshiq bo‘lmisham.

Qilma gulqanding ila za’fim ilojin, ey hakim,Menki, gulbargi shakar guftora oshiq bo‘lmisham.

Nolayu afg‘on etarman qumridek, bulbul kabiNa uchunkim sarv gulruxsora oshiq bo‘lmisham.

Lablaringdin to ko‘rinmish xush-xush inju tishlaring,La’l birla ul duri shahvora oshiq bo‘lmisham.

Bas, ki sargardon quyun yanglig‘ yugurmakdur ishim,Ishq vodiysiga men ovora oshiq bo‘lmisham.

Vaysidin xush istamaslik yo‘q munosib ne uchun,Bir pari paykar, sumanbar yora oshiq bo‘lmisham.

Audio ijro

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.