Musiqiy namuna
Talqini Bayot
Талқини Баёт
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
- Sahifalar
- 42–46-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Otashin gul bargidin xil’atki, jononimdadur,Xil’at ermas ul bir oʻtdurkim, mening jonimdadur.
Otashin la’ledururkim, anda muzmar boʻldi jon,Otashin gul bargidin xil’atki, jononimdadur.
Jon qushi xunobidin tutmish malohat naxli rang,Yo libosi lolagun sarvi xiromonimdadur.
Qatl biymidur tarahhumning dagʻi ummedi bor,Bu libosi olkim, ul nomusulmonimdadur.
Vasl shomi kuymagan parvona shoyad qolmagay,Bu shafaqgun xullakim, sham’i shabistonimdadur.
Tutmasin gul suhbatidin sarv oʻzin koʻp sarfaroz,Ey sabokim, ul toʻni gulgun mening yonimdadur.
Soqiyo, gul rang may solib ketar paymonakim,Zuhd biymi din xalal ishq ichra paymonimdadur.
Ey Navoiy, istama jon bulbulin har guldakim,Ul toʻni gulgun, labi gulbargi xandonimdadur.
Audio ijro
Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling
Shaxobchalari
Tarona
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 46–48-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish.El anga shafiqu mehribon boʻlmas emish.Gar oltun qafas ichra qizil gul bitsa,Bulbulga tikandek oshiyon boʻlmas emish.
Audio ijro