Musiqiy namuna
Talqini Segoh
Талқини Сегоҳ
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
- Sahifalar
- 39–44-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Ey soching zanjirining aqlu xirad devonasi,Qissai “Layliyu Majnun” kamtarin afsonasi.
Yor bilan hamvor bo‘ldi seli hijron ilgidinGanji husning orzusida bu ko‘ngul vayronasi.
Ko‘p kishi da’vo qilur sha’mi jamoling mehrini,Yo‘q yana mendek bor bir ichkuyar parvonasi.
Ishratu shodi bila gulzor ichinda o‘lturur,Hinduyi sohib saodatdur o‘shal ming donasi.
Oshnoliq da’vosin sobit qilur ishqing bila,Kimki aqlu hushdin mutlaq bo‘lur begonasi.
Bodai xusning bila mag‘rur bo‘lma asrukimOqibat g‘am sharbatin ichrur falak paymonasi,
Xorliq xaddin oshubtur, iltifot et gah-gahi,E Atoyining azizroq jonidin janonasi.
Audio ijro
Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling
Shaxobchalari
Tarona
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 45–46-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Nechuk bilmassan, ey yorim, kuyub bo‘lg‘on adodur bul,So‘rog‘ingni solib misol, eshiklarda gadodur bul.
Yurakda ko‘pdur armonim, kuyub kul bo‘ldi tong jonim,Nega xolimni so‘rmassan, kuyingda bir jafodur bul.
Audio ijro