Musiqiy namuna

Talqini Ushshoq

Талқини Ушшоқ

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Talqini Ushshoq : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/talqini-ushshoq/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, II jild — Rost · 42–48-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Talqini Ushshoq : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/talqini-ushshoq/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
42–48-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Talqini Ushshoq
Furqat

Ko‘yiga bexud meni ul chashmi abro‘ kelturur,Sohiridurkim, netay, tebransa bir mo‘ keltirur.

Zulfidin yorim yuzi o‘lmas namoyon ne ajab?Rasm erur oy yorimi tunni qorong‘u kelturur.

O‘chti uyqu, belu og‘zidin degach, bir bor, yo‘qDer emish roviy g‘alat: afsona uyqu kelturur.

Ashk dog‘ etgan jigarni kelturub ko‘z yo‘lidin,Pora-pora lola bargin go‘yiyo suv keltirur.

Chexrai zardim ko‘rib, shod o‘lsa ayb ermaski, yorZa’faroniy boda ichgan chog‘da kulgu kelturur.

Ishq savdosidin o‘lg‘on dardsarga, ey tabib,Berma sandalkim, iloji bor, zonu keltirur.

Maxvashimni husnig‘a borkash qilurg‘a xar kecha,Tongg‘a tegru charx oy birla tarozu keltirur.

Ko‘zlari bir g‘amza birla vahshi ko‘nglum qilsa sayd,Furqatiy, yolg‘on emas, gar Chindin ohu keltirur.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

1

Tarona

Nota pasporti
Sahifalar
49-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona
Furqat

Qachon bo‘lg‘ay ko‘rub ul sarv qaddi gul uzorimni,Yorib ko‘ksimni zohir aylagaymen ohu zorimni.

Fig‘onu nolada sharm etmasam ayb etmagaylarkim,Ko‘zum yoshi yuzimdin yuvdi, naylay, sharmu orimni.

Audio ijro

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.