Musiqiy namuna
Ufari Segoh
Уфари Сегоҳ
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
- Sahifalar
- 69–71-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Ko‘rmas meni o‘z bazmig‘a chun yor munosib,Bo‘lg‘aymu anga suhbati ag‘yor munosib.
Ruxsori erur pok o‘zi, vax, nechuk o‘lg‘ay,Diydorig‘a bu diydan xunbor munosib.
Raftoridadur fitnau qaddida qiyomat,Ul sho‘xg‘adur qadu raftor munosib.
Zebanda aning la’li labu chashmi siyohiyJon bermaku olmoq anga bisyor munosib.
Xurshidu hilol avji jamol uzra erurlar,Bordur anga mundog‘ qoshu ruxsor munosib.
Ko‘nglum chamanin g‘ayr xasidin ortibmen,Bordur anga sayr etsa bu gulzor munosib.
Har ne manga ul qilsa xushoyandadur andin,Oshiqg‘a na ish aylasa dildor munosib.
Munisg‘a etar dam-badam ozorlar andin,Go‘yoki qo‘rilmish anga ozor munosib.