Назад
Музыкальный образец
Mo'g'ulchai Buzruk
Мўғулчаи Бузрук
Как сослаться в научной работе
×
Если вы используете MerosLegacy в курсовой, дипломе, диссертации или статье, укажите источник так. Дата обращения — сегодняшняя.
GOST для вузов Узбекистана и СНГ
Mo'g'ulchai Buzruk : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — архив узбекского макомного наследия : [сайт]. – URL: https://meroslegacy.uz/ru/kuy/mogulchai-buzruk/ (дата обращения: 23.11.2026). Источник нот: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, I jild — Buzruk · с. 94–98.
Копировать
APA для международных статей
MerosLegacy. (n.d.). Mo'g'ulchai Buzruk : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi . MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/ru/kuy/mogulchai-buzruk/
Копировать
Ноты (PDF)
Читайте ноты прямо здесь или скачайте
Паспорт нот
Страницы с. 94–98
Записал ноты Yunus Rajabiy
Mo'g'ulchai Buzruk
Munis
Ol niqobingni, jamoling oshkoro aylagil, Olam ahli ko‘zlarin mahvi tamosho aylagil.
Senki jonlar jonisan, sensiz o‘lukman hajr aro, Kel ravon, bir dam hazin jonimni mahvo aylagil.
Ko‘zlaring olam elining tiyra qildi shomi hajr, Oftobi orazingni olam oro aylagil.
Dardu g‘am shomi bila boshim erur yo‘lingda gard, Sekratib et yeldek oning charxfarso aylagil.
Asru beparvoligingdin bo‘lmisham oshufta hol, Bir tarahhum ko‘rguzub holimga parvo aylagil.
Ne huzuri sensizin hosildurur ne rohate, Kel huzuringni ko‘ngulga rohatafzo aylagil.
Zarradek Munis yuzing hajrida nopaydo erur, Ey quyoshim, och jamoling, oni paydo aylagil.
Аудиозапись
Слушайте онлайн или сохраните
Части
1
Talqinchai Mo'g'ulchai Buzruk
Паспорт нот
Страницы с. 98–103
Записал ноты Yunus Rajabiy
Talqinchai Mo'g'ulchai Buzruk
Bobur
Ne ko‘ray to‘bini qaddi xush xiroming borida, Ne qilay sunbulni xatti mushkfoming borida?
Kim Xizr suyin og‘izlangay labingning qoshida, Kim Masih alfozidin degay kaloming borida?
Oshiqingni davlati vasling bila qil muhtaram, Husn ahli ichra muncha ehtiroming borida.
Bizdin ayru, doim el birla icharsen bodani, Bizni ham gohi sog‘in shurbi mudoming borida.
Ey ko‘ngul, gar g‘ayr so‘zi zahri qotildur, ne g‘am, Lablaridin sharbati yo‘q yil-izoming borida.
Tarki nomus aylabon badnom bo‘lg‘il ishq aro, Kim seni oshiq degay nomusu noming borida?
Bobir, ul gul ko‘yida bulbul kibi topding maqom, Bir navoe rost qil mundoq maqoming borida.
2
Qashqarchai Mo'g'ulchai Buzruk
Паспорт нот
Страницы с. 103–107
Записал ноты Yunus Rajabiy
Qashqarchai Mo'g'ulchai Buzruk
Atoyi
Ey saodat matla’i, ul orazi mohing sening, Husn aflokinda yo‘qtur mislu hamtoying sening.
Ka’bai arbobi hojat qoshlaring mehrobidur, Qiblai ahli muhabbat xoki dargohing sening.
Bu latofatkim, paritek sendadur, ey rashki hur, Go‘yo bog‘i Eramdur sahni xirgohing sening.
Garchi men tushtum jamolingdin yomon ko‘ztek yiroq, Yaxshikim, bechora ko‘nglum bordi hamrohing sening.
Xoh vasling birla tirguz, xoh o‘ltur hajr ila, Men rizo berdim nechukkim, bo‘lsa dilxohing sening.
Hojat ermas hazratingda arzi hojat aylamak, Chun tajalli ko‘zgusidur tab’i ogohing sening.
Ne ajab etsang, Atoyi, bir tun ul oy vaslina, Kim o‘tar etti falakdin har sahar ohing sening.
3
Soqiynomai Mo'g'ulchai Buzruk
Паспорт нот
Страницы с. 107–110
Записал ноты Yunus Rajabiy
Soqiynomai Mo'g'ulchai Buzruk
Nodira
Ey sarvi ravon, nadur xayoling? Jon o‘rtadi va’dai visoling.
Payvasta duoi xayr etarmen, Maqsudim erur sening kamoling.
Ul oyning o‘ziga bahs etarsen, Etmish magar, ey quyosh, zavoling?
Ushshoqlaring g‘amingda o‘ldi, Yo‘qdur sening zarrai maloling.
Ey xasta ko‘ngul, firoq ichinda Dam urgali qolmadi majoling.
Ey Nodira, lofi ishq urarsen, Mashhuri xaloyiq o‘ldi holing.
4
Ufari Mo'g'ulchai Buzruk
Паспорт нот
Страницы с. 110–113
Записал ноты Yunus Rajabiy
Ufari Mo'g'ulchai Buzruk
Atoyi
Ey kamoli husn, Yusufdin jamoling yodgor, Bo‘ldi hajringdin biaynih ko‘zlarim Ya’qubvor.
Intizoringda agarchi o‘rtanur jonim, vale O‘zgalarning vaslidin xushroq manga bu intizor.
Bandani o‘lturgali g‘amzangga ne tashvishdur, Chun ki men sensiz tirilgandin o‘lubmen sharmisor.
Qilsalar mahsharda el taqvoyu toat birla faxr, Men sening ishqing bila qilg‘umdur ul dam iftixor.
Tengridin yo‘qmu umiding, netti men mahrumni, Va’dai vasling bila qilsang meni umidvor.
Har zamon chiqsang xiromon, el ko‘zi tushsa sanga, G‘ussadin ul dam Atoyining magar joni chiqor.

Открыто с места, где вы остановились С начала
Ассалому алайкум!
Я Архивчи, помощник архива MerosLegacy. Нужен кюй, ноты, текст песни, мастер или запись? Напишите: найду, помогу скачать ноты и послушать.
×
Архивчи Помощник архива — спросите
Ответы готовит искусственный интеллект на основе данных архива.