Musiqiy namuna

Mo'g'ulchai Buzruk

Мўғулчаи Бузрук

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Mo'g'ulchai Buzruk : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/mogulchai-buzruk/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, I jild — Buzruk · 94–98-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Mo'g'ulchai Buzruk : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/mogulchai-buzruk/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
94–98-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Mo'g'ulchai Buzruk
Munis

Ol niqobingni, jamoling oshkoro aylagil,Olam ahli ko‘zlarin mahvi tamosho aylagil.

Senki jonlar jonisan, sensiz o‘lukman hajr aro,Kel ravon, bir dam hazin jonimni mahvo aylagil.

Ko‘zlaring olam elining tiyra qildi shomi hajr,Oftobi orazingni olam oro aylagil.

Dardu g‘am shomi bila boshim erur yo‘lingda gard,Sekratib et yeldek oning charxfarso aylagil.

Asru beparvoligingdin bo‘lmisham oshufta hol,Bir tarahhum ko‘rguzub holimga parvo aylagil.

Ne huzuri sensizin hosildurur ne rohate,Kel huzuringni ko‘ngulga rohatafzo aylagil.

Zarradek Munis yuzing hajrida nopaydo erur,Ey quyoshim, och jamoling, oni paydo aylagil.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

1

Talqinchai Mo'g'ulchai Buzruk

Nota pasporti
Sahifalar
98–103-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Talqinchai Mo'g'ulchai Buzruk
Bobur

Ne ko‘ray to‘bini qaddi xush xiroming borida,Ne qilay sunbulni xatti mushkfoming borida?

Kim Xizr suyin og‘izlangay labingning qoshida,Kim Masih alfozidin degay kaloming borida?

Oshiqingni davlati vasling bila qil muhtaram,Husn ahli ichra muncha ehtiroming borida.

Bizdin ayru, doim el birla icharsen bodani,Bizni ham gohi sog‘in shurbi mudoming borida.

Ey ko‘ngul, gar g‘ayr so‘zi zahri qotildur, ne g‘am,Lablaridin sharbati yo‘q yil-izoming borida.

Tarki nomus aylabon badnom bo‘lg‘il ishq aro,Kim seni oshiq degay nomusu noming borida?

Bobir, ul gul ko‘yida bulbul kibi topding maqom,Bir navoe rost qil mundoq maqoming borida.

Audio ijro

2

Qashqarchai Mo'g'ulchai Buzruk

Nota pasporti
Sahifalar
103–107-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Mo'g'ulchai Buzruk
Atoyi

Ey saodat matla’i, ul orazi mohing sening,Husn aflokinda yo‘qtur mislu hamtoying sening.

Ka’bai arbobi hojat qoshlaring mehrobidur,Qiblai ahli muhabbat xoki dargohing sening.

Bu latofatkim, paritek sendadur, ey rashki hur,Go‘yo bog‘i Eramdur sahni xirgohing sening.

Garchi men tushtum jamolingdin yomon ko‘ztek yiroq,Yaxshikim, bechora ko‘nglum bordi hamrohing sening.

Xoh vasling birla tirguz, xoh o‘ltur hajr ila,Men rizo berdim nechukkim, bo‘lsa dilxohing sening.

Hojat ermas hazratingda arzi hojat aylamak,Chun tajalli ko‘zgusidur tab’i ogohing sening.

Ne ajab etsang, Atoyi, bir tun ul oy vaslina,Kim o‘tar etti falakdin har sahar ohing sening.

Audio ijro

3

Soqiynomai Mo'g'ulchai Buzruk

Nota pasporti
Sahifalar
107–110-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Mo'g'ulchai Buzruk
Nodira

Ey sarvi ravon, nadur xayoling?Jon o‘rtadi va’dai visoling.

Payvasta duoi xayr etarmen,Maqsudim erur sening kamoling.

Ul oyning o‘ziga bahs etarsen,Etmish magar, ey quyosh, zavoling?

Ushshoqlaring g‘amingda o‘ldi,Yo‘qdur sening zarrai maloling.

Ey xasta ko‘ngul, firoq ichindaDam urgali qolmadi majoling.

Ey Nodira, lofi ishq urarsen,Mashhuri xaloyiq o‘ldi holing.

Audio ijro

4

Ufari Mo'g'ulchai Buzruk

Nota pasporti
Sahifalar
110–113-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Ufari Mo'g'ulchai Buzruk
Atoyi

Ey kamoli husn, Yusufdin jamoling yodgor,Bo‘ldi hajringdin biaynih ko‘zlarim Ya’qubvor.

Intizoringda agarchi o‘rtanur jonim, valeO‘zgalarning vaslidin xushroq manga bu intizor.

Bandani o‘lturgali g‘amzangga ne tashvishdur,Chun ki men sensiz tirilgandin o‘lubmen sharmisor.

Qilsalar mahsharda el taqvoyu toat birla faxr,Men sening ishqing bila qilg‘umdur ul dam iftixor.

Tengridin yo‘qmu umiding, netti men mahrumni,Va’dai vasling bila qilsang meni umidvor.

Har zamon chiqsang xiromon, el ko‘zi tushsa sanga,G‘ussadin ul dam Atoyining magar joni chiqor.

Audio ijro

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.