Назад
Музыкальный образец
Mustazodi Navo
Мустазоди Наво
Как сослаться в научной работе
×
Если вы используете MerosLegacy в курсовой, дипломе, диссертации или статье, укажите источник так. Дата обращения — сегодняшняя.
GOST для вузов Узбекистана и СНГ
Mustazodi Navo : Buxoro shashmaqomi, Navo, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — архив узбекского макомного наследия : [сайт]. – URL: https://meroslegacy.uz/ru/kuy/mustazodi-navo/ (дата обращения: 23.11.2026). Источник нот: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, III jild — Navo · с. 117–121.
Копировать
APA для международных статей
MerosLegacy. (n.d.). Mustazodi Navo : Buxoro shashmaqomi, Navo, Nasr, 2 Guruh shobasi . MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/ru/kuy/mustazodi-navo/
Копировать
Ноты (PDF)
Читайте ноты прямо здесь или скачайте
Паспорт нот
Страницы с. 117–121
Записал ноты Yunus Rajabiy
Mustazodi Navo
Habibiy
Jono, qarashing birla sharafli nazaring bor, mendin xabaring bor, Koʻyingda necha vola-yu, shaydo basharing bor, koʻp gʻamzalaring bor.
Gul-gul ochilib sochni tarab chiqding alomat, har kundagi odat. Zebo bezanib qoʻlda, quloqlarda zaring bor, oltin karaming bor.
Durdona tishing, la’li labing ham qora xoling, bu husnu kamoling, Har lahzada har kimsada sehring hunaring bor, la’lu guharing bor.
Tunlar toʻlun oy, kunduzi xurshid jamoling, xalq ichra maqoling, Dil olamida kechayu kunduz guzaring bor, shamsu qamaring bor.
Oʻrtaydi yuraklarni agar soʻzga lab ochsang, soʻz durini sochsang. Otash nafasim sen meni, oʻtlugʻ asaring bor balkim shararing bor.
Har yerda koʻngul mulki boʻlur senga musaxxar, yoʻq shubha muqarrar, Labzingda Habibiygakim shahdu shakaring bor, fathu zafaring bor.
Аудиозапись
Слушайте онлайн или сохраните
Части
1
Talqinchai Mustazodi Navo
Паспорт нот
Страницы с. 122–124
Записал ноты Yunus Rajabiy
Talqinchai Mustazodi Navo
Lutfiy
Ey sanavbar boʻyli dilbar fikri hijron qilmagʻil, Shafq oʻtinda men gadoni asru biryon qilmagʻin.
Elga koʻp in’om etarsan dam-badam dashnomni, Qadr bilmaslarga oxir muncha ehson qilmagʻil.
Andakim, boʻldum xabarsiz dogʻ qoʻydung jonima, Emdi bilmasman dema, oʻzingni nodon qilmagʻil.
Oʻzgalar sori boqib gʻamza oʻqini otmagʻil, Yuragimni dam-badam hasrat bila qon qilmagʻil.
Lutfiy miskinga koʻrguz soidingni lutf ila, Bu gadodin nuqrani ongingda pinhon qilmagʻil.
2
Qashqarchai Mustazodi Navo
Паспорт нот
Страницы с. 124–126
Записал ноты Yunus Rajabiy
Qashqarchai Mustazodi Navo
Xalq so‘zi
Anbarin xattiki qilding oshkor, ey sarvinoz, Ko‘rdimu chiqti ko‘ngullardin g‘ubor, ey sarvinoz.
Ko‘ksima o‘qlarki otding g‘amzadin paykonlaring Chekmakim, jonimg‘a qolsun yodgor, ey sarvinoz.
Demading hargizki: mansiz kechti ahvoling nechun? Tig‘i hijroningdin erdim dilfigor, ey sarvinoz.
La’li labing hasratidin g‘uncha yanglig‘ qon yutub, Gul yuzing yodida chektim xor-xor, ey sarvinoz.
Yo‘q men o‘zda, xushima kelganda kelsang yodima, Tortadurman nola-yu, beixtiyor, ey sarvinoz.
Lof urarmish gul tarovat bobida gulshan aro, Bir borib yuz ochki, bo‘lsun sharmisor, ey sarvinoz.
3
Soqiynomai Mustazodi Navo
Паспорт нот
Страницы с. 126–128
Записал ноты Yunus Rajabiy
Soqiynomai Mustazodi Navo
Nishotiy
Ey mah, sanga yuz jahon tasadduq, Jon la’lingga royagon tasadduq.
Bemor esa nargisi siyah mast, Men ojizu notavon tasadduq.
Bir soat o‘lay boshing‘a qurbon, Qoshingg‘a zamon-zamon tasadduq…
Bo‘lsun sanga sadqa nozaninlar Gar yaxshi va gar yomon tasadduq.
Qaddingki ravon yorutti ko‘zni, Ko‘z nuri anga ravon tasadduq.
Qildim sanga o‘ylakim Nishotiy, Yo‘ling uza xonumon tasadduq.
Паспорт нот
Страницы с. 128–132
Записал ноты Yunus Rajabiy
Ufari Mustazodi Navo
Munis
Ishqing o‘tidin o‘rtanadur joni nizorim, ul nav’ki mash’al, Xokistar o‘lub elga borur gardi g‘uborim, jismim bo‘lubon hal.
Dard ahli chekar har necha ojizroq o‘lub oh, ta’siri fuzundur. Sog‘inma agar past esa nolau zorim, zinhorki as-hal.
Ey sho‘x, meni solma inoyat nazaridin, har xol ila bo‘lsam, Sen-sen mening umidimu, maqsudimu yorim, ham so‘ngra, ham avval.
La’ling mayi birla meni sarshori hayot et, hayvon suyi yanglig‘, Kim jonima qasd aylabon anduhi xumorim, qildi meni maxtal…
Behuda durur sarzanish etmak menga, Munis rasvolig‘ ishidin, Obodi muhabbatda agar ketmasa orim, bo‘lg‘aymu men akmal?

Открыто с места, где вы остановились С начала
Ассалому алайкум!
Я Архивчи, помощник архива MerosLegacy. Нужен кюй, ноты, текст песни, мастер или запись? Напишите: найду, помогу скачать ноты и послушать.
×
Архивчи Помощник архива — спросите
Ответы готовит искусственный интеллект на основе данных архива.