Musiqiy namuna

Mustazodi Navo

Мустазоди Наво

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Mustazodi Navo : Buxoro shashmaqomi, Navo, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/mustazodi-navo/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, III jild — Navo · 117–121-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Mustazodi Navo : Buxoro shashmaqomi, Navo, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/mustazodi-navo/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
117–121-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Mustazodi Navo
Habibiy

Jono, qarashing birla sharafli nazaring bor, mendin xabaring bor,Koʻyingda necha vola-yu, shaydo basharing bor, koʻp gʻamzalaring bor.

Gul-gul ochilib sochni tarab chiqding alomat, har kundagi odat.Zebo bezanib qoʻlda, quloqlarda zaring bor, oltin karaming bor.

Durdona tishing, la’li labing ham qora xoling, bu husnu kamoling,Har lahzada har kimsada sehring hunaring bor, la’lu guharing bor.

Tunlar toʻlun oy, kunduzi xurshid jamoling, xalq ichra maqoling,Dil olamida kechayu kunduz guzaring bor, shamsu qamaring bor.

Oʻrtaydi yuraklarni agar soʻzga lab ochsang, soʻz durini sochsang.Otash nafasim sen meni, oʻtlugʻ asaring bor balkim shararing bor.

Har yerda koʻngul mulki boʻlur senga musaxxar, yoʻq shubha muqarrar,Labzingda Habibiygakim shahdu shakaring bor, fathu zafaring bor.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

1

Talqinchai Mustazodi Navo

Nota pasporti
Sahifalar
122–124-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Talqinchai Mustazodi Navo
Lutfiy

Ey sanavbar boʻyli dilbar fikri hijron qilmagʻil,Shafq oʻtinda men gadoni asru biryon qilmagʻin.

Elga koʻp in’om etarsan dam-badam dashnomni,Qadr bilmaslarga oxir muncha ehson qilmagʻil.

Andakim, boʻldum xabarsiz dogʻ qoʻydung jonima,Emdi bilmasman dema, oʻzingni nodon qilmagʻil.

Oʻzgalar sori boqib gʻamza oʻqini otmagʻil,Yuragimni dam-badam hasrat bila qon qilmagʻil.

Lutfiy miskinga koʻrguz soidingni lutf ila,Bu gadodin nuqrani ongingda pinhon qilmagʻil.

Audio ijro

2

Qashqarchai Mustazodi Navo

Nota pasporti
Sahifalar
124–126-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Mustazodi Navo
Xalq so‘zi

Anbarin xattiki qilding oshkor, ey sarvinoz,Ko‘rdimu chiqti ko‘ngullardin g‘ubor, ey sarvinoz.

Ko‘ksima o‘qlarki otding g‘amzadin paykonlaringChekmakim, jonimg‘a qolsun yodgor, ey sarvinoz.

Demading hargizki: mansiz kechti ahvoling nechun?Tig‘i hijroningdin erdim dilfigor, ey sarvinoz.

La’li labing hasratidin g‘uncha yanglig‘ qon yutub,Gul yuzing yodida chektim xor-xor, ey sarvinoz.

Yo‘q men o‘zda, xushima kelganda kelsang yodima,Tortadurman nola-yu, beixtiyor, ey sarvinoz.

Lof urarmish gul tarovat bobida gulshan aro,Bir borib yuz ochki, bo‘lsun sharmisor, ey sarvinoz.

Audio ijro

3

Soqiynomai Mustazodi Navo

Nota pasporti
Sahifalar
126–128-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Mustazodi Navo
Nishotiy

Ey mah, sanga yuz jahon tasadduq,Jon la’lingga royagon tasadduq.

Bemor esa nargisi siyah mast,Men ojizu notavon tasadduq.

Bir soat o‘lay boshing‘a qurbon,Qoshingg‘a zamon-zamon tasadduq…

Bo‘lsun sanga sadqa nozaninlarGar yaxshi va gar yomon tasadduq.

Qaddingki ravon yorutti ko‘zni,Ko‘z nuri anga ravon tasadduq.

Qildim sanga o‘ylakim Nishotiy,Yo‘ling uza xonumon tasadduq.

Audio ijro

4

Ufari Mustazodi Navo

Nota pasporti
Sahifalar
128–132-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Ufari Mustazodi Navo
Munis

Ishqing o‘tidin o‘rtanadur joni nizorim, ul nav’ki mash’al,Xokistar o‘lub elga borur gardi g‘uborim, jismim bo‘lubon hal.

Dard ahli chekar har necha ojizroq o‘lub oh, ta’siri fuzundur.Sog‘inma agar past esa nolau zorim, zinhorki as-hal.

Ey sho‘x, meni solma inoyat nazaridin, har xol ila bo‘lsam,Sen-sen mening umidimu, maqsudimu yorim, ham so‘ngra, ham avval.

La’ling mayi birla meni sarshori hayot et, hayvon suyi yanglig‘,Kim jonima qasd aylabon anduhi xumorim, qildi meni maxtal…

Behuda durur sarzanish etmak menga, Munis rasvolig‘ ishidin,Obodi muhabbatda agar ketmasa orim, bo‘lg‘aymu men akmal?

Audio ijro

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.