Музыкальный образец

Sarahbori Oromijon

Сараҳбори Оромижон

Как сослаться в научной работе

Если вы используете MerosLegacy в курсовой, дипломе, диссертации или статье, укажите источник так. Дата обращения — сегодняшняя.

GOSTдля вузов Узбекистана и СНГ

Sarahbori Oromijon : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — архив узбекского макомного наследия : [сайт]. – URL: https://meroslegacy.uz/ru/kuy/sarahbori-oromijon/ (дата обращения: 23.11.2026). Источник нот: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, IV jild — Dugoh · с. 119–122.

APAдля международных статей

MerosLegacy. (n.d.). Sarahbori Oromijon : Buxoro shashmaqomi, Dugoh, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/ru/kuy/sarahbori-oromijon/

Ноты (PDF)

Читайте ноты прямо здесь или скачайте

Паспорт нот
Страницы
с. 119–122
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Sarahbori Oromijon
Bobur

Jonimdin oʻzga yori vafodor topmadim,Koʻnglumdin oʻzga mahrami asror topmadim.

Jonimdek oʻzga joni dilafgor koʻrmadim,Koʻnglum kibi koʻngulni giriftor topmadim.

Usruk koʻziga toki koʻngul boʻldi mubtalo,Hargiz bu telbani yana xushyor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey koʻngul,Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

Bobur oʻzungni oʻrgatakoʻr yorsizki, men,Istab jahonni, muncha kezib, yor topmadim.

Аудиозапись

Слушайте онлайн или сохраните

Части

1

Oromijon

Паспорт нот
Страницы
с. 122–126
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Oromijon
Bobur

Xazon yaprogʻi yangligʻ gul yuzung hajrida sargʻaydim,Koʻrub rahm aylagʻil, ey lola ruh, bu chehrai zardim.

Sen ey gul, qoʻymading sarkashligingni sarvdek hargiz,Ayogʻingga tushub bargi xazondek muncha yolbordim.

Latofat gulshanida gul kibi sen sabzu xurram qol,Men archi dahr bogʻidin xazon yaprogʻidek bordim.

Xazondek qon yoshim sorigʻ yuzumdin el tanaffurda,Bahar rangi, bahamdillah ulusdin oʻzni qutqordim.

Ne toleʼdur manga kim axtari baxtim topilmaydur,Falak avroqini har necha kim daftardin axtardim.

Ulusning taʼnu taʼrifi menga, Bobur, barobardur,Bu olamda oʻzumni chun yamon-yaxshidin oʻtkardim.

Аудиозапись

2

Ufari Oromijon

Паспорт нот
Страницы
с. 127–128
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Ufari Oromijon
Furqat

Ikki oshubi chamankim, gul biri, raʼno biri,Qildi ishqida meni majnun biri, shaydo biri.

Shoʻrangiz oʻlsa ul yondin birining ishvasi,Ham u yondin gʻamzasin oshub etar barpo biri.

Koʻzlari qoʻymay koʻngul mulki aro obodlik,Birisi gʻorat qilib kelsa, qilar yagʻmo biri.

Yoʻq turur bir xoʻb roʻ olamda illo bu ikkov,Biri husn ichra erur mumtozu, mustasno biri.

Yotmish erdi ikkisi ikki tizimga bosh qoʻyib,Xobi noz ichra biri-yu oʻzda yoʻq also biri.

Furqati afsuskim nogoh turib xurshedu moh,Tutdi oʻz burjin birisi quy biri, maʼno biri.

Аудиозапись

Ассалому алайкум! Я Архивчи, помощник архива MerosLegacy. Нужен кюй, ноты, текст песни, мастер или запись? Напишите: найду, помогу скачать ноты и послушать.