Musiqiy namuna
Sarahbori Oromijon
Сараҳбори Оромижон
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
- Sahifalar
- 119–122-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Jonimdin oʻzga yori vafodor topmadim,Koʻnglumdin oʻzga mahrami asror topmadim.
Jonimdek oʻzga joni dilafgor koʻrmadim,Koʻnglum kibi koʻngulni giriftor topmadim.
Usruk koʻziga toki koʻngul boʻldi mubtalo,Hargiz bu telbani yana xushyor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey koʻngul,Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.
Bobur oʻzungni oʻrgatakoʻr yorsizki, men,Istab jahonni, muncha kezib, yor topmadim.
Audio ijro
Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling
Shaxobchalari
Oromijon
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 122–126-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Xazon yaprogʻi yangligʻ gul yuzung hajrida sargʻaydim,Koʻrub rahm aylagʻil, ey lola ruh, bu chehrai zardim.
Sen ey gul, qoʻymading sarkashligingni sarvdek hargiz,Ayogʻingga tushub bargi xazondek muncha yolbordim.
Latofat gulshanida gul kibi sen sabzu xurram qol,Men archi dahr bogʻidin xazon yaprogʻidek bordim.
Xazondek qon yoshim sorigʻ yuzumdin el tanaffurda,Bahar rangi, bahamdillah ulusdin oʻzni qutqordim.
Ne toleʼdur manga kim axtari baxtim topilmaydur,Falak avroqini har necha kim daftardin axtardim.
Ulusning taʼnu taʼrifi menga, Bobur, barobardur,Bu olamda oʻzumni chun yamon-yaxshidin oʻtkardim.
Audio ijro
Ufari Oromijon
Nota (PDF)
- Sahifalar
- 127–128-betlar
- Notaga olgan
- Yunus Rajabiy
Ikki oshubi chamankim, gul biri, raʼno biri,Qildi ishqida meni majnun biri, shaydo biri.
Shoʻrangiz oʻlsa ul yondin birining ishvasi,Ham u yondin gʻamzasin oshub etar barpo biri.
Koʻzlari qoʻymay koʻngul mulki aro obodlik,Birisi gʻorat qilib kelsa, qilar yagʻmo biri.
Yoʻq turur bir xoʻb roʻ olamda illo bu ikkov,Biri husn ichra erur mumtozu, mustasno biri.
Yotmish erdi ikkisi ikki tizimga bosh qoʻyib,Xobi noz ichra biri-yu oʻzda yoʻq also biri.
Furqati afsuskim nogoh turib xurshedu moh,Tutdi oʻz burjin birisi quy biri, maʼno biri.
Audio ijro