Мастер
Beknazar Do‘stmurodov
Бекназар Дўстмуродов
Биография
Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanidagi Qorasuv qishlog’ida ishchi oilasida tug’ildi.
1974 Toshkent Davlat Teatr va Rassomchilik san'ati institutiga o’qishga kirdi. Musiqali dramma bo’limida aktyorlik va xonandalik sirlarini o’rgandi. O’qishni 1979 yil A.Xidoyatov nomidagi teatrga ishga chaqirildi. U teatrda bir nechta rollar ijro etdi. Jumladan: “Xonima xonim” (Xugaev asari), “Xotinimning eri”, “Tobutdan tovush” (Abdulla Qaxxor) spektakllarida katta va kichik rollar.
1988 yildan O’zteleradio qoshidagi Yu.Rajabiy nomidagi maqom ansambliga xonanda sifatida ishga kirdi. Bu erda ko’plab ustozlardan saboq oldi.
“Sarahbori Navo”, “Sarahbori Segoh”, “Sarahbori Oromijon”, “Chapandozi Gulyor”, “Guluzorim”, “Ey, quyosh”, katta ashulalardan “Yovvoyi Chorgoh”, “Bog’ aro”, “Bir kelsun”, “Kirib bo’stonni kezdim”, “O’zbekiston”, “Nechun qulluq qilmay O’zbekistonga”, “Vatan yagonadur”, “Sayyora”, “sanamo”, “Sarvi qomat”, “Diyor ismi”, “Talqinchai Mustaxzodi Navo” kabi ko’plab mumtoz ashulalarni ijro etib MTRK ning oltin xazinasiga muhrlagan.
Barcha hizmatlari inobatga olinib O’zbekiston Prezidenti tomonidan O’zbekiston xalq hofizi unvoni berildi.