Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Beknazar Do‘stmurodov

Ustoz

Beknazar Do‘stmurodov

Бекназар Дўстмуродов

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Beknazar Do‘stmurodov (1957) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/beknazar-dostmurodov/ (murojaat sanasi: 24.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Beknazar Do‘stmurodov (1957). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 24, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/beknazar-dostmurodov/

Tug'ilgan 1957-yil
Kasbi Xonanda

Biografiya

Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanidagi Qorasuv qishlog’ida ishchi oilasida tug’ildi. 1974 Toshkent Davlat Teatr va Rassomchilik san'ati institutiga o’qishga kirdi. Musiqali dramma bo’limida aktyorlik va xonandalik sirlarini o’rgandi. O’qishni 1979 yil A.Xidoyatov nomidagi teatrga ishga chaqirildi. U teatrda bir nechta rollar ijro etdi. Jumladan: “Xonima xonim” (Xugaev asari), “Xotinimning eri”, “Tobutdan tovush” (Abdulla Qaxxor) spektakllarida katta va kichik rollar. 1988 yildan O’zteleradio qoshidagi Yu.Rajabiy nomidagi maqom ansambliga xonanda sifatida ishga kirdi. Bu erda ko’plab ustozlardan saboq oldi. “Sarahbori Navo”, “Sarahbori Segoh”, “Sarahbori Oromijon”, “Chapandozi Gulyor”, “Guluzorim”, “Ey, quyosh”, katta ashulalardan “Yovvoyi Chorgoh”, “Bog’ aro”, “Bir kelsun”, “Kirib bo’stonni kezdim”, “O’zbekiston”, “Nechun qulluq qilmay O’zbekistonga”, “Vatan yagonadur”, “Sayyora”, “sanamo”, “Sarvi qomat”, “Diyor ismi”, “Talqinchai Mustaxzodi Navo” kabi ko’plab mumtoz ashulalarni ijro etib MTRK ning oltin xazinasiga muhrlagan. Barcha hizmatlari inobatga olinib O’zbekiston Prezidenti tomonidan O’zbekiston xalq hofizi unvoni berildi.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.