Мастер
Eson Lutfullayev
Эсон Лутфуллаев
Биография
Jizzax viloyatining Forish tumanida tug’ilgan. U yoshligidanoq ashula aytishga soz chalishga jonu–dildan qiziqadi. Eson Lutfillaevni ovozini eshitgan ustoz sozanda, xonanda, bastakor, akademik Yunus Rajabiy uni O’zteleradio qoshidagi “Maqom” ansambliga taklif etadi. Eson Lutfillaev umrining ohirigacha o’sha erda baholi qudrat hizmat qiladi.
Eson Lutfillaevning ijro dasturidagi ko’plab ashulalarini o’zi bastalagan. hamnafaslikda ham ko’plab ashulalar ijro etgan. Jumladan: Furqat g’azali, O.Xotamov musiqasi “Firoqingizdin”, “Xush kechalar”, “Sensiz” kabi asarlar hamnafaslikni yorqin namunasi bo’lib, hozirgi davrda ham o’z qadr–qiymatini yo’qotgani yo’q.
Ma'lumki maqomlarni bir necha marotaba radioning oltin hazinasiga yozilgan. Takror yozuvlarda Eson Lutfillaev yuqori avjlarni ovozining nozik jihatlari bilan go’zal ijro etgan. Bundan tashqari yakka ijroda “Sarahbori Navo”, “Sarahbori Dugoh”, “Sarahbori Oromijon”, “Savti Sabo”, “Orazi Dugoh” kabi keng ko’lamli murakkab asarlarni aytgan va radioning oltin hazinasiga yozib qoldirgan.
1980 yili “O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist” va 1999 yili “O’zbekiston xalq hofizi” unvoni berildi.