Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Eson Lutfullayev

Ustoz

Eson Lutfullayev

Эсон Лутфуллаев

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Eson Lutfullayev (1935–2000) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/eson-lutfullayev/ (murojaat sanasi: 24.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Eson Lutfullayev (1935–2000). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 24, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/eson-lutfullayev/

Tug'ilgan 1935-yil
Vafot etgan 2000-yil
Kasbi Xonanda

Biografiya

Jizzax viloyatining Forish tumanida tug’ilgan. U yoshligidanoq ashula aytishga soz chalishga jonu–dildan qiziqadi. Eson Lutfillaevni ovozini eshitgan ustoz sozanda, xonanda, bastakor, akademik Yunus Rajabiy uni O’zteleradio qoshidagi “Maqom” ansambliga taklif etadi. Eson Lutfillaev umrining ohirigacha o’sha erda baholi qudrat hizmat qiladi. Eson Lutfillaevning ijro dasturidagi ko’plab ashulalarini o’zi bastalagan. hamnafaslikda ham ko’plab ashulalar ijro etgan. Jumladan: Furqat g’azali, O.Xotamov musiqasi “Firoqingizdin”, “Xush kechalar”, “Sensiz” kabi asarlar hamnafaslikni yorqin namunasi bo’lib, hozirgi davrda ham o’z qadr–qiymatini yo’qotgani yo’q. Ma'lumki maqomlarni bir necha marotaba radioning oltin hazinasiga yozilgan. Takror yozuvlarda Eson Lutfillaev yuqori avjlarni ovozining nozik jihatlari bilan go’zal ijro etgan. Bundan tashqari yakka ijroda “Sarahbori Navo”, “Sarahbori Dugoh”, “Sarahbori Oromijon”, “Savti Sabo”, “Orazi Dugoh” kabi keng ko’lamli murakkab asarlarni aytgan va radioning oltin hazinasiga yozib qoldirgan. 1980 yili “O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist” va 1999 yili “O’zbekiston xalq hofizi” unvoni berildi.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.