Мастер
Mamadbobo Sattorov
Мамадбобо Сатторов
Биография
Uning yosh bolalik davridanoq ovozi tiniq va keng ko’lamli bo’lib, o’sha davning ko’plab yetuk xonandalaridan saboq oldi. Asosiy ustozlari Boltaboy Rajabov va otasi Sattor hofizlar edi.
Ustozlaridan o’rganib, ijro etgan “Oh kim”, “Bormikin”, “Ko’p erdi”, “Bir kelsin”, “Yodimga tushdi”, “Adashganman”, “Yuz ochib”, “Ey dilbari janonim”, “Ey sanam”, “Sahar chamanda”, “Bu gulshan” “Yovvoyi Chorgoh”, “Yovvoyi Ushshoq” kabi ashulalar ijro dasturidan o’rin olgan.
1926 yili Moskva, Leningrad, Qozon, Ufa, Baku kabi shaharlarda o’z san'atini namoyish qiladi.
1928 – 1936 yillarda Xamza nomidagi drama teatrida, Ikkinchi jahon urushi davrida Yangiyo’l teatrida xonanda bo’lib ishlaydi.
Ustoz san'atkorning barcha hizmatlari inobatga olinib 1939 yilda “O’zbekiston xalq hofizi” unvoni bilan taqdirlandi.