Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Mamadbobo Sattorov

Ustoz

Mamadbobo Sattorov

Мамадбобо Сатторов

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Mamadbobo Sattorov (1885–1969) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/mamadbobo-sattorov/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Mamadbobo Sattorov (1885–1969). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/mamadbobo-sattorov/

Tug'ilgan 1885-yil
Vafot etgan 1969-yil
Kasbi Xonanda

Biografiya

Uning yosh bolalik davridanoq ovozi tiniq va keng ko’lamli bo’lib, o’sha davning ko’plab yetuk xonandalaridan saboq oldi. Asosiy ustozlari Boltaboy Rajabov va otasi Sattor hofizlar edi. Ustozlaridan o’rganib, ijro etgan “Oh kim”, “Bormikin”, “Ko’p erdi”, “Bir kelsin”, “Yodimga tushdi”, “Adashganman”, “Yuz ochib”, “Ey dilbari janonim”, “Ey sanam”, “Sahar chamanda”, “Bu gulshan” “Yovvoyi Chorgoh”, “Yovvoyi Ushshoq” kabi ashulalar ijro dasturidan o’rin olgan. 1926 yili Moskva, Leningrad, Qozon, Ufa, Baku kabi shaharlarda o’z san'atini namoyish qiladi. 1928 – 1936 yillarda Xamza nomidagi drama teatrida, Ikkinchi jahon urushi davrida Yangiyo’l teatrida xonanda bo’lib ishlaydi. Ustoz san'atkorning barcha hizmatlari inobatga olinib 1939 yilda “O’zbekiston xalq hofizi” unvoni bilan taqdirlandi.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.