Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Akmalxon So‘fixonov

Ustoz

Akmalxon So‘fixonov

Акмалхон Сўфихонов

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Akmalxon So‘fixonov (1905–1987) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/akmalxon-sofixonov/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Akmalxon So‘fixonov (1905–1987). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/akmalxon-sofixonov/

Tug'ilgan 1905-yil
Vafot etgan 1987-yil
Kasbi Xonanda

Biografiya

Toshkentda tug’ilgan. Dastlabki musiqa borasidagi saboqlarni Sotildixon va Otalari So’fixon hofizlardan olishgan. Ularning uslublari aynan Toshkent ijrochilik maktabini xos bo’lib, hozirgi kundagi ko’plab xonandalar uslubidagi ba'zi ko’rinishlar So’fixonovlardan merosdir. So’fixonovlarning ijro uslubi ovozlarning bir biriga tekis qo’shilishi yirik shakldagi asarlarni ravon aytishi, jo’rnavoz sozlarni ashulaning ifodaliligiga qarab tanlanishi bilan belgilanadi. Akvalxon So’fixonov akasi bilan birgalikda O’zbek san'atiga ulkan hissa qo’shishgan. “Nasri Segoh”, “Galdir”, “Qalandar”, “Samarqand Ushshog’i”, “Sodirxon Ushshog’i”, “Ul kun janon”, “Ul yuz uzra”, “Naylayin”, bastakorlar asarlaridan X.To’xtasinovning “Aylagach”, R.Rajabiyning “Ovvoraman”, “Kulib” va So’fixonovlarning o’zlari yaratgan “Yetdim tabibga”, “Farzand”, “To muhabbat”, “Aylar”, “Yaxshi bilan”, “Oqil bo’lsang” kabi ashulalar ularning dasturidan o’rin olgan. 1937–41 yillarda O’zbekiston radiosi 1941 – 44 yillar Xamza nomidagi drama teatri, 1944–48 yillar davlat filarmoniyasida ishlashgan. 1944 yili hukumatimiz tomonidan aka–uka So’fixonovlar O’zbekiston xalq xofizi unvoni bilan taqdirlangan.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.