Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Boboxon So‘fixonov

Ustoz

Boboxon So‘fixonov

Бобохон Сўфихонов

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Boboxon So‘fixonov (1900–1981) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/boboxon-sofixonov/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Boboxon So‘fixonov (1900–1981). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/boboxon-sofixonov/

Tug'ilgan 1900-yil
Vafot etgan 1981-yil
Kasbi Xonanda

Biografiya

Boboxon o’z ukasi Akmalxon bilan xonandalik uslubining hamnafaslik turini tanlashgan. Ular 1935 yilda Toshkentga kelib, dastlab “Yali–yali”, “Navo” kabi asarlar orqali tanilishgan. Boboxon So’fixonov ukasi bilan birgalikda O’zbek san'atiga ulkan hissa qo’shishgan. “Nasri Segoh”, “Galdir”, “Qalandar”, “Samarqand Ushshog’i”, “Sodirxon Ushshog’i”, “Ul kun janon”, “Ul yuz uzra”, “Naylayin”, bastakorlar asarlaridan X.To’xtasinovning “Aylagach”, R.Rajabiyning “Ovvoraman”, “Kulib” va So’fixonovlarning o’zlari yaratgan “Yetdim tabibga”, “Farzand”, “To muhabbat”, “Aylar”, “Yaxshi bilan”, “Oqil bo’lsang” kabi ashulalar ularning dasturidan o’rin olgan. 1937 – 41 yillarda O’zbekiston radiosi 1941 – 44 yillar Xamza nomidagi drama teatri, 1944 – 48 yillar Davlat filarmoniyasida ishlashgan. 1944 yili hukumatimiz tomonidan Boboxon So’fixonovning qilgan hizmatlari inobatga olinib “O’zbekiston xalq xofizi” unvoni bilan taqdirlangan.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.