Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Erkin Ro‘zimatov

Ustoz

Erkin Ro‘zimatov

Эркин Рўзиматов

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Erkin Ro‘zimatov (1961) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/erkin-rozimatov/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Erkin Ro‘zimatov (1961). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/erkin-rozimatov/

Tug'ilgan 23-Fevral, 2026-yil
Tug'ilgan joyi Farg‘ona viloyati
Kasbi Maqomchi

Biografiya

Erkin Ro’zimatov 1961-yili Fargona viloyatining Kuva tumanida Tavallud topgan. 1976- yildan Fargona musiqa bilm yurtida gijjak sozida taxsil oldi. 1981-yili Toshkent davlat konservatoriyasi Sharq musiqasi kafedrasining xonandalik bulimida tahsil oldi. Ustozlari Orif Alimaxsumov, Fattoxxon Mamadaliev, Saodat Qobulova, Mahmudjon Tojiboev va Rahmadjon Qurbonovlardan saboq oldi. 1986-yili konservatoriyani tugallab Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansamblida yakkaxon xonanda sifatida ishlay boshladi. Ansambl bilan hamnafaslikda va yakka ijroda ko’plab mumtoz asarlarni O’zMTRK oltin hazinasiga muhrladi. 2000-yil Uzbekistonda xizmat kursatgan artist unvoni bilan taqdirlandi. 2012- yildan O’zbekiston davlat konservatoriyasi An’anaviy xonandalik kafedrasida xonanda talabalarga dars berib, bugungi kunda Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati institutida dotsent ilmiy lavozimida ishlab kelmoqda. Erkin Ro’zimatov maqom ijrochiligiga suyangan xolda xalq ashulalarini turkumlashtirdi, jumladan Sarahbori Oromijon, Segox, Ushshoq va Galdirlar turkumini yaratdi shu bilan birga mazkur turkumlarni yanada boyishiga o’z hissasini qo’shdi. Barcha xizmatlari inobatga olinib hukumatimiz tomonidan Erkin Ro’zimatovga 2013-yil O’zbekiston xalq hofizi unvoni bilan taqdirlandi.

Yutuqlari

Erkin Ro‘zimatov 1968-yili Quva tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta maktabga o‘qishga boradi. Bolalik chog‘idayoq san’atga ishtiyoqi baland bo‘lib, maktab, tuman musiqa maktab to‘garaklariga va o‘quvchilar saroyiga qatnashib, ustozlari Muxtorjon Teshaboyev, Tursunoy Dehqonovalardan ashula aytish, rubob, doyra va g‘ijjak chalish sirlarini o‘rgana boshlaydi. Ta’kidlash joizki akasi Ozodbek Ro‘zimatov moxir xonanda bo‘lib, Erkin Ro‘zimatov akasi yonida bayram marosimlarda doyra, g‘ijjak chalib akasiga hamnafaslik qiladi. Bo‘lajak ijodkorning o‘ziga xos xonandalik va sozandalik qobiliyati bolaligidanoq ustozlari e’tiboriga tushganligi, mumtoz musiqamizga bo‘lgan ulkan qiziqish, oilaviy qo‘llab quvatlashlar sabab Erkin Ro‘zimatov kelajak kasbini musiqa san’atiga bagishlashga qaror qiladi.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.