Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Fattohxon Mamadaliyev

Ustoz

Fattohxon Mamadaliyev

Фаттоҳхон Мамадалиев

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Fattohxon Mamadaliyev (1923–1999) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/fattohxon-mamadaliyev/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Fattohxon Mamadaliyev (1923–1999). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/fattohxon-mamadaliyev/

Tug'ilgan 1923-yil
Vafot etgan 1999-yil
Kasbi Hofiz

Biografiya

Andijon viloyati Baliqchi tumanida tavallud topdi. Yoshligidan milliy musiqa san'atiga katta ixlosi tufayli dutor, g’ijjak, tanbur cholg’ularini mukammal o’zlashtirib, xalq ashulalarini mohir ijrochilari bo’lmish Umrzoq Polvon, Sayidali, Abdulla Taroq, Berkiboy Fayziev, Jo’raxon Sultonov, Yunus Rajabiy singari buyuk ustozlardan saboq oldi. Natijada o’ziga xos ijod yo’li va ijro uslubini yaratdi. U bastalagan “Intizor”, “Oqibat”, “Sog’indim”, “Ko’ngil”, “Dilkusho”, “Dardu dilim” kabi ashulalari muxlislar qalbidan chuqur joy olgan. Shuningdek, “Miskin”, “Ushshoq”, “Munojot”, “Nasrulloyi” kabi cholg’u kuylariga mumtoz shoirlar g’azallaridan qo’yib ashula shakliga keltirib, o’zi va talabalari tomonidan ijro qilindi. Fattoxxon Mamadaliev 1991 yili O’zbekiston xalq hofizi faxriy unvoniga sazovor bo’lgan. “Mehnat shuxrati” va “El–yurt xurmati” ordenlari bilan ham taqdirlangan.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.