Ustoz
Hojixon Boltayev
Ҳожихон Болтаев
Biografiya
Hojixon Boltaev Xorazm viloyatining qadimiy istehkomlaridan biri Xonqa shahri yonidagi Qorchmon qishlogʼida 1902 yil kosib oilasida dunyoga keldi. Yoshligidan otasidan etikdoʼzlik hunarini oʼrganish bilan birgalikda musiqa va sheʼriyatga katta ixlos qoʼydi. Keyinchalik hayot tajribasining oʼzi Hojixonga ustozlik qildi. Yaʼni har bir sanʼatkor bilan boʼlgan muloqot unga hofizlik va sozandalik ilmining yangi qirralarini ochib boraverdi. 1930 yillarda hali hayot boʼlgan hamda saroy maqomchilarini koʼrgan atoqli sozandalar: tanburchi Matyoqub Xarrot, bulomonchi Xudoybergan Qurbon oʼgʼli, gʼijjakchi Otajon Abdullo oʼgʼli (Otajon Devon), ayniqsa tanburchi Razzoqbergan Omonov, goʼyanda Polli Duzchi, dutorchi va goʼyanda Qurbonniyoz Avazmatov (Qurji Ota), doirachi Matyoqub Otajonov va boshqa ustozlar sanʼatidan bahramand boʼldi. Ammo uning fotiha bergan ustozi Gurlanlik Bobojon boladir.
U butun umri davomida Xorazm viloyat musiqali drama teatrida hizmat qildi. U faqat kontsertlarda ashulachi sifatida ishtirok etdi
Hojixon doim erkin ijod holatida boʼlgan. Uning ijrosidagi har bir asar yangi ijod ilxomi bilan sugʼorilgan. Betakror ijodkor yuksak sanʼatining maʼno-mazmuni ham shunda.
Xojixon Boltaev 1987 yili hastaligi tufayli olamdan oʼtdi. Bu insonning hislatlari shu daraja koʼp ediki, bu haqda qancha tadqiqodlar, izlanishlar olib borilsa ham kam.