Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Mahmudjon Tojiboyev

Ustoz

Mahmudjon Tojiboyev

Маҳмуджон Тожибоев

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Mahmudjon Tojiboyev (1957–2020) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/mahmudjon-tojiboyev/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Mahmudjon Tojiboyev (1957–2020). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/mahmudjon-tojiboyev/

Tug'ilgan 1957-yil
Vafot etgan 2020-yil
Kasbi Hofiz

Biografiya

Farg’ona viloyati Quva tumanida ishchi oilasida tavallud topdi. 1979 yili Toshkent Davlat konservatoriyasining “An’anaviy ijrochilik” kafedrasiga o’qishga qabul qilindi. 1983 yili o’tkazilgan Yu.Rajabiy nomidagi Respublika maqom ko’rik tanlovida g’olib bo’ldi. 1984 yili o’qishni muvafaqiyatli tamomlab, O’zbekiston Teleradiokompaniyasi qoshidagi Yu.Rajabiy nomidagi maqom ansambliga ishga taklif qilindi. Mahmudjon Tojiboev A.Ismoilov rahbarligida bir nechta maqomlarni grammplastinkaga yozdirishda qatnashdi. MTRK ning oltin hazinasiga 100 dan ortiq musiqiy asarlarni yozdi. O’zbek san'atida ko’rsatgan hizmatlari munosib taqdirlanib, 2000 yilda prezidentimiz farmoniga muvofiq “O’zbekiston xalq hofizi” faxriy unvoni berildi. 2001–2020 yilgacha Mahmudjon Tojiboev O’zbekiston Davlat konservatoriyasida professor sifatida dars bergan.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.