Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Muhammadjon Karimov

Ustoz

Muhammadjon Karimov

Муҳаммаджон Каримов

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Muhammadjon Karimov (1919–1998) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/muhammadjon-karimov/ (murojaat sanasi: 24.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Muhammadjon Karimov (1919–1998). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 24, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/muhammadjon-karimov/

Tug'ilgan 1919-yil
Vafot etgan 1998-yil
Tug'ilgan joyi Toshkent
Kasbi Xonanda

Biografiya

Toshkent shahrida tavallud topgan. U No’g’mon qori, Domla Halim Mulla To’ychi Toshmuxammedov kabi yetuk ustozlardan ta'lim olgan. 1942 yilning iyun oyida armiya safiga yozilib, urushga o’zining sozi, bilan ketdi. 1944 yili O’zteleradio qoshidagi maqom ansambliga ishga ishga taklif etishdi. Muhammadjon Karimov Akbar Ubaydullaev, Turg’un Alimatov, Imomjon Ikromov, Yunus Rajabiy, Aka-uka So’fixonovlar bilan birgalikda ishlagan. 1952 yilda 52-o’rta maktabda, 1956–1961 gacha koperativ fabrika ashula to’garagida , 1962 yilda chinnizavodda, 1965 yildan 114-maktabda dars bergan. 1971 yilda o’quvchilar saroyiga ishga taklif etishgan. Bu erda yosh maqomchilar ansamblini tashkil qildi. Uning hizmatlari inobatga olinib 1991 yilda O’zbekiston xalq hofizi unvoni bilan taqdirlandi.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.