Ustoz
Nodira Pirmatova
Нодира Пирматова
Biografiya
Pirmatova Nodira Yigitaliyevna 1976 yil 19 noyabrda Sirdaryo viloyati Oq Oltin tumanida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Nodira Pirmatova san'atni 1991 yil Sodirxon Hofiz nomidagi Xujand musiqa bilim yurtida boshlagan.1995-1999 yillar Toshkent davlat konservatoriyasi An'anaviy ijrochilik kagedrasida Rifatilla Qosimov sinfida taxsil olgan. 2000-2011 yillar Nodira Pirmatova Magistratura hamda Assistent stajyorlik bosqichlarini tamomlagan. Uning Ustozlari Saodat Qobulova, Fattohxon Mamadaliyev, Orifxon Xotamov, Matnazar Xudoynazarov, Rahmatjon Tursunov, Rifatilla Qosimov, Abdurahim Hamidovlar.
U unlab Shashmaqom hamda mumtoz asarlarni Oltin fondaga muxrladi. "Saraxbori dugoh", "Saraxbori Oromijon", “Chorgoh", Talqini Ushshoq", "Nimchuponi", "Ey dilbari jononim", "Men Asir", "Kechalar uyqum kelmay", "Yuragimda Ishq", "Yul Bulsin", “Tanovarlar", "Xino tanovar", "Turgun Tanovar", "Davrada yor uynasa" kabi unlab asarlarni muxrladi. Nodira Pirmatova "Sodirxon Hofiz", "Yunus Rajabiy", "Sharq taronalari" Xalqaro kurik tanlovlar golibi bulgan. 2016 yil O'zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. Hozirda Yunus Rajabiy nomidagi Milliy Musiqa San'at Instituti Maqom xonandalik kafedrasida katta o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.