Ustoz
Odiljon Yusupov
Одилжон Юсупов
Tug'ilgan
1928-yil
Vafot etgan
1993-yil
Tug'ilgan joyi
Andijon viloyati, Baliqchi tumani
Kasbi
Xonanda
Biografiya
Andijon viloyati, Baliqchi tumanidagi Ho’jaobod qishlog’ida oddiy dehqon oilasida tavallud topdi. Odiljon Yusupov Mamatho’ja, Eshon Otaxo’jaev, Saidali qori, Shokirjon qori, Mo’min qori, Umrzoq Polvon, Xudoyberdi qori kabi zabardast hofizlardan ta'lim olgan.
U ijro etgan “Yoqqancha bo’lmas”, “Dugoh Husayniy”, “Yor kelib ket”, katta ashulalardan “Janonim mening”, “Norin”, “Qoyilman”, “Bu gulshan soz”, “Aylansin quling”, “Fazilatdan” kabi asarlari muhlislar qalbidan chuqur joy olgan.
1974–1978 va 1985 yillarda Samarqand, Olma–Ota shaharlarida o’tkazilgan butun jahon xalqlari simpoziumi, folklor festivallarida muvaffaqiyatli ijrolar bilan qatnashgan. 1985 yilda Italiya, Frantsiya, Shvetsariyada o’tkazilgan butun jahon xalqlari folklori festivalida qatnashib, maqom ijrochiligi va katta ashula namunalaridan ijro qilib, horijlik tinglovchilarga O’zbek san'atini namoyish etdi. Odiljon Yusupovning ijodi yuksak qadrlanib 1992 yili “O’zbekiston Respublikasi xalq hofizi” unvoni bilan taqdirlandi.