Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Orifxon Hotamov

Ustoz

Orifxon Hotamov

Орифхон Ҳотамов

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Orifxon Hotamov (1927–2002) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/orifxon-hotamov/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Orifxon Hotamov (1927–2002). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/orifxon-hotamov/

Tug'ilgan 1927-yil
Vafot etgan 2002-yil
Kasbi Xonanda

Biografiya

Orifxon Xotamov ko’p qirrali san'atkor. U sozanda, xonanda, bastakor va musiqa bilimdoni sifatida xalqimizga yaxshi tanish. U bastalagan Navoiy g’azali bilan “Qoshi yosinmu deyin”, “Ko’zing ne balo qaro bo’libdur”, “Naylayin”, “Holimni so’rmasmu”, “Yor sendek”, “Izhoridir bu”, “Sensan sevarim”, “Ayo dilbar”, “Firoqingizdin”, “O’tdimu”, “Dog’man”, “Sarviqomat”, “Namoyon qil”, “Yor aylanay desam man”, “Sensiz” kabi qator asarlar uning buyuk ijodkor ekanligiga ishoradir. Maqom ansamblida ishlab turib san'at oliygohlarida jumladan, Konservatoriyada ham yosh xonandalarga saboq berdi va ko’plab shogirdlarni tarbiyalab voyaga etkazdi. O’zbekiston xalq artisti M.Dadaboeva, O’zbekiston xalq hofizlari M.Yo’ldoshev, B.Do’stmurodov, M.Tojiboev, S.Niyozov, A.Ibroximov, O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artistlar M.Xasanova va N.Sattorovalar shular jumlasidandir. Orifxon Xotamovning barcha mehnatlari inobatga olinib 1991 yil O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist, 1992 yil O’zbekiston xalq hofizi va “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.