Ustoz
Orolmirzo Safarov
Оролмирзо Сафаров
Biografiya
Samarqandning Toyloq tumanida tavallud topdi. Ishchi oilasiga mansub bo’lgan Orolmirza Safarov o’rta maktabni Samarqand shaxridagi 59 son ko’zi ojizlar maktab internatida o’qidi.
1988–1992 yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutiga, “madaniy–ma'rifiy ishlar” fakulteti “Klub ishlari metodistligi” bo’limiga o’qidi.
1995–1999 yillarda “Madaniyatshunoslik” fakultetining “xalq musiqasi” bo’limiga sirtdan o’qidi. Ustozlari professorlar Matnazar Xudoynazarov, Raxmatilla Nosirovlardan san'at sirlarini egalladi.
1992 yildan boshlab mehnat faoliyatini “Xalq musiqasi” kafedrasida o’qituvchilik qildi.
Xonanda sifatida 1991 yilda Kamolot–91, 1997 yilda Ma'murjon Uzoqov hotirasiga bag’ishlangan ko’rik tanlovlarda g’olib bo’lgan.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1997 yildagi farmoni bilan “Shuxrat” medali, 2000 yilda “O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist” va 2009 yili “O’zbekiston xalq hofizi” unvonlari bilan taqdirlandi.
O’zteleradio oltin hazinasida Orolmirza Safarovning ellikdan ortiq ijro namunalarini yozdirilgan.