Ustoz
Qobiljon Yusupov
Қобилжон Юсупов
Tug'ilgan
1942-yil
Vafot etgan
2014-yil
Tug'ilgan joyi
Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani
Kasbi
Xonanda, bastakor
Biografiya
Farg’ona viloyati, Oltiariq tumanidagi Jo’rak qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi.
Uning oilasida san'atkorlar bo’lmasa–da Qobiljon san'atga juda mehr qo’ygan.
1968 yili Oltiariq tuman madaniyat uyida xonanda sifatida ishga kiradi.
1976 yili “Marhabo talantlar” festival–ko’rik tanlovi g’olibi bo’lgach, Respublika miqyosida xonanda sifatida dongg’i ketadi. Ana o’sha davrdan boshlab, Qobiljon Yusupovning ijodi gullab yashnaydi.
1978 – 1988 yillarda Farg’ona Davlat filarmoniyasida solist bo’lib, ishlaydi.
1988 yili “O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist” unvoni beriladi.
U juda ko’p ashula va qo’shiqlar ijrochisidir, mumtoz asarlarni kuylab, bastakorlik sohasida ham ijod qilgan. Ashula va qo’shiqlarining soni yuztadan ortiq. “Do’st bilan”, “Oshnolar bo’ldi jam'”, “Xatlarim etmasmikan”, “Guldasta tuting”, “Lolazor” kabi asarlar shular jumlasidandir.
Barcha hizmatlari hukumatimiz tomonidan inobatga olinib, 2004 yili “O’zbekiston xalq hofizi” unvoni bilan taqdirlandi.