Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Ro‘zmat Jumaniyozov

Ustoz

Ro‘zmat Jumaniyozov

Рўзмат Жуманиёзов

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Ro‘zmat Jumaniyozov (1933–2001) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/rozmat-jumaniyozov/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Ro‘zmat Jumaniyozov (1933–2001). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/rozmat-jumaniyozov/

Tug'ilgan 1933-yil
Vafot etgan 2001-yil
Kasbi Xonanda

Biografiya

Xorazm viloyatining G’oybu qishlog’ida ishchi oilasida tug’ildi. Xorazmning ko’zga ko’ringan hofizlaridan biri Qutlimurod Xajiev, Hojixon Boltaev, Nurmuhammad Boltaevlardan ta'lim olgan. O’z iqtidori va tafakkuriga asoslanib to’g’ri nafas olish, ovoz imkoniyatlaridan unumli va tejamkorlik bilan foydalanish siru asrorlarini o’zlashtiradi. Ro’zmat Jumaniyozov soatlab ashula aytsa ham ovozi umuman charchamaydigan xususiyatga ega edi. Xorazm viloyat filarmoniyasidagi maqomchilar ansambliga maslaxatchi xonanda sifatida ishga taklif etiladi. Ansamblga Xorazm maqomlaridan ko’pgina namunalarni o’rgatib, magnit tasmalariga yozdiradi. Ro’zmat Jumaniyozovning hizmatlari davlatimiz tomonidan yuksak qadrlanib 1994 yilda “O’zbekiston xalq hofizi” unvoniga sazovor bo’ldi. Bugungi kunda Ro’zmat Jumaniyozov mumtoz musiqa va maqom san'ati bobida o’rnak va kamolot ramzi bo’lib qoldi.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.