Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Soyibjon Niyozov

Ustoz

Soyibjon Niyozov

Сойибжон Ниёзов

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Soyibjon Niyozov (1969) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/soyibjon-niyozov/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Soyibjon Niyozov (1969). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/soyibjon-niyozov/

Tug'ilgan 1969-yil
Kasbi Xonanda

Biografiya

Buxoro viloyati Olot tumanida ishchi oilasida tug’ilgan. 1990 yili Toshkent Davlat konservatoriyasining “An'anaviy ijrochilik” (xonandalik) mutaxassisligi bo’yicha tahsil oldi. Konservatoriyada ustoz O’zbekiston xalq artisti O’lmas Rasulovdan maqom sirlarini va ijrochilik amaliyotini puxta o’zlashtirdi. 1994 yili O’zteleradiokompaniyasi qoshidagi Yu.Rajabiy nomidagi maqomchilar ansambliga xonanda sifatida ishga taklif etildi. U ko’plab ko’rik tanlovlarda qatnashdi, jumladan 1995 yilda Yu.Rajabiy nomidagi xalqaro maqom ko’rik tanlovi, 1997 yilda Samarqanddagi H.Abdurasulov xotirasiga bag’ishlangan ko’rik tanlovi, 1999 yili Ellik Qal'a tumanida bo’lib o’tgan O.Xudoyshukurov nomidagi ko’rik tanlov, 2000 yili Andijonda bo’lib o’tgan “Katta ashula” Respublika ko’rik tanlovlarida qatnashib birinchi o’rinlarni egalladi. 2001 yili Samarqandda o’tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro festivali ko’rik tanlovida O’zbekiston xalq hofizi A.Ibrohimov bilan birgalikda qatnashib, birinchi o’rin sohibi bo’ldilar. 2004 yili “O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist” 2009 yili “O’zbekiston xalq hofizi” unvonlari bilan taqdirlandi.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.