Ustozlar ro'yxatiga qaytish
Zamira Suyunova

Ustoz

Zamira Suyunova

Замира Суюнова

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Zamira Suyunova (1958) // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/teacher/zamira-suyunova/ (murojaat sanasi: 23.11.2026).

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Zamira Suyunova (1958). MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/teacher/zamira-suyunova/

Tug'ilgan 1958-yil
Kasbi Xonanda

Biografiya

Z.Suyunova 1958 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Toshkent shahrida Glier nomli musiqa maktabi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasida taxsil olgan. 1979 y. xali talabalik davridan O‘zbekiston teleradiosi qoshidagi “Dutorchilar” ansamblida faoliyati boshlangan. Z.Suyunova dastlab ansamblda yakkaxon xonanda, 1985 yildan musiqa raxbar, 1995 yildan esa badiiy raxbarlik mas’ulyati bilan birgalikda o‘z ijrochilik faoliyatini xam olib borgan. 2002 yili O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi an’anaviy ijrochilik kafedrasiga ishga taklif etilgan. Z.Suyunova nafaqat xonanda va ustoz balki bastakorlik ijodini xam olib boradi. Ustozlari O‘zbekiston xalq artistlari G‘.Toshmatov, A.Ismoilov, K.Ismoilova va A.Xakimovalardan musiqa sirlari, xonandalik maxoratlari va ko‘plab mumtoz asarlarimizni o‘rgandi. Xukumatimiz tomonidan 1982 y. “O‘zbekiston yoshlari” mukofati (“Lenin komsomoli laureati”), 1990 y. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, 1999 y. “O‘zbekiston xalq artisti”, 2019 y.”Mexnat shuxrati” ordeni kabi faxrli unvonlar bilan taqdirlangan. Xozirgi vaqt Z.Suyunova “Y.Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutida” dotsent lavozimida yoshlarga saboq berib kelmoqda.
Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.