Musical piece

Mo'g'ulchai Segoh

Мўғулчаи Сегоҳ

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Mo'g'ulchai Segoh : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/kuy/mogulchai-segoh/ (accessed: 23.11.2026). Score source: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, V jild — Segoh · pp. 72–78.

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Mo'g'ulchai Segoh : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/kuy/mogulchai-segoh/

Score (PDF)

Read the score here or download it

Score passport
Pages
pp. 72–78
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Mo'g'ulchai Segoh
Navoiy

Ko‘nglum olgach ul pari majnuni shaydo qildilo,Aqlu xo‘shimni junun dashtida yag‘mo qildilo.

O‘zgacha zulmu taaddilar bila qonim to‘kar,Turfa erdi, turfa ishlar dog‘i paydo qildilo.

Hurmatu tavqiy tutar erdi, vale, mast otlanib,Boshima chopmoq bila olamga rasvo qildilo.

Oh kim, chekdim ko‘rib javlonini beixtiyor,Yoshurin ishqim uluska oshkoro qildilo.

Bexud o‘lg‘och, zulfi zunnarig‘a din naqdin berib,Ishq bozorida ko‘nglum turfa savdo qildilo.

Menmen emdiyu, fano dayrida bo‘lmoq mayparast,Mo‘g‘bacha ishqi ulusqa sirrim ifsho qildilo.

Gar vatan dayr ichra topdim, kimsaga yo‘q hech ayb,Dayri piridin Navoiy bu tamanno qildilo.

Audio recording

Listen online or save

Parts

1

Talqinchai Mo'g'ulchai Segoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 79–82
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Talqinchai Mo'g'ulchai Segoh
Ogahiy

Ne ajab shikasta ko‘ngul ishi tunu kun fig‘on ila noladurKim, ne g‘am toshiki, falak otar anga lahza-lahza havoladur.

Dema ul pari yuzini qilubdur ixota xalqai zulfikim,Falaki latofat uza oning birisi qamar, biri xoladur.

Yuzum uzra xatti sirishkdin g‘ami ishqim elga ayon o‘lur,Nega kim bu ma’niyki mubham, ul muni sharh etarga risola

G‘ami ishq ichra xaqdir, anglama dudi oh ila qon yoshim,Biri yer yuzi uza g‘ozayu, biri ko‘k boshiga kuloladur.

G‘ami dahridin etibon izo meni xasta ayladi, soqiyo,Karam aylagilki davo anga mayi nob to‘la piyoladur.

Netong Ogahiy nazar aylamas esa bog‘ sori nigorningSochi sunbulu ko‘zi nargisu labi g‘unchayu yuzi loladur.

Audio recording

2

Qashqarchai Mo'g'ulchai Segoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 83–85
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Mo'g'ulchai Segoh
Furqat

O‘rtanur tokay firoqing otashida jonimiz,Jonimizga rahm qil bo‘lsang agar jononimiz.

Sen kabi tovus paykar nega keltursin xirom,Chug‘z qo‘nmas ko‘zga ilmay kulbai vayronimiz.

Qayda bo‘lsang gul yuzing yodida ul erdur biziBog‘imiz, bo‘stonimiz ham ravzai ruzvonimiz.

On qadar qilding jafoyu javrlar, ey sho‘xkim,Oncha bor erdi, chekarga qolmadi imkonimiz.

Nolamizdin kechalar gardun qulog‘i bo‘ldi kar,Ohkim, etmas senga bir nolayu afg‘onimiz.

Seli g‘am, bedodidin et dodimizg‘a, adl qil,Senki bordursan malohat mulkida sultonimiz.

Har zamon ko‘z boshingga sursak agar bir vajhi bor,Ziynat ortar kokilingga shonadur mujgonimiz.

Turmayin axdingda, paymoningni sindurding axir,Na edi avvalda, Furqat, ahd ila paymonimiz.

Audio recording

3

Soqiynomai Mo'g'ulchai Segoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 85–89
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Mo'g'ulchai Segoh
Munis

Sanamo, g‘amingda yoqib falakni fig‘onu nolau ohimiz,Dili sahtinga asar etmadi, nechun erdi baxti siyohimiz.

Ne firoqingga erur intiho, na visolingga erur ibtidoNa tamom o‘lur sitamu jafo, na asar qilur senga ohimiz.

Sen agar inonmas esang firoq aro holi zorimiza bizning,Ruhi zardimiz bila ashki olimiz o‘ldi ikki guvohimiz.

Ne ajab firoqi qaro tuni kunimizga g‘olib emas esa,Ki xayoli zavqi visol erur kunu tun gunash bila mohimiz.

Nega, ey ko‘ngul, tilabon sarir ila toj g‘am aro qolg‘asen,Bor esa farahg‘a chu moya faqr aro bo‘ryovu kulohimiz.

Bizi ko‘rgan el qilur ohu nola dili xazin bila, Muniso,Na ajab jahon aro solsa sho‘rish agar bu holi tabohimiz.

Audio recording

4

Ufari Mo'g'ulchai Segoh

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 89–91
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Ufari Mo'g'ulchai Segoh
Furqat

Ey lutfi kamu jafosi cho‘x yor!To chand chekay g‘amingda ozor?

Yo‘qdur kechalar ko‘zimda uyqu,To subh bo‘lib g‘amingda bedor.

Xuni jigarim shaxarda sharbat,Yuz pora ko‘ngul kabobi tayyor.

Oz toqatimu ko‘b e‘tiqodim,Ey senga fido, bu ozu bisyor.

Ey qoshi kamon, mujang o‘qidin,Yuz chok ko‘ngul, bog‘irlar afgor.

Avbosh hujumi bir tarafdin,Bir sori jafoyi ta‘ni ag‘yor.

Bedard izosi bir tarafdin,Bir sori jafoyi charxi g‘addor.

Qon yig‘lamayin hamisha Furqat,Netsun senga bo‘lsa oshiqi zor.

Audio recording

Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.