Seli g‘am, bedodidin et dodimizg‘a, adl qil,Senki bordursan malohat mulkida sultonimiz.
Har zamon ko‘z boshingga sursak agar bir vajhi bor,Ziynat ortar kokilingga shonadur mujgonimiz.
Turmayin axdingda, paymoningni sindurding axir,Na edi avvalda, Furqat, ahd ila paymonimiz.
Soqiynomai Mo'g'ulchai Segoh
Munis
Sanamo, g‘amingda yoqib falakni fig‘onu nolau ohimiz,Dili sahtinga asar etmadi, nechun erdi baxti siyohimiz.
Ne firoqingga erur intiho, na visolingga erur ibtidoNa tamom o‘lur sitamu jafo, na asar qilur senga ohimiz.
Sen agar inonmas esang firoq aro holi zorimiza bizning,Ruhi zardimiz bila ashki olimiz o‘ldi ikki guvohimiz.
Ne ajab firoqi qaro tuni kunimizga g‘olib emas esa,Ki xayoli zavqi visol erur kunu tun gunash bila mohimiz.
Nega, ey ko‘ngul, tilabon sarir ila toj g‘am aro qolg‘asen,Bor esa farahg‘a chu moya faqr aro bo‘ryovu kulohimiz.
Bizi ko‘rgan el qilur ohu nola dili xazin bila, Muniso,Na ajab jahon aro solsa sho‘rish agar bu holi tabohimiz.
Ufari Mo'g'ulchai Segoh
Furqat
Ey lutfi kamu jafosi cho‘x yor!To chand chekay g‘amingda ozor?
Yo‘qdur kechalar ko‘zimda uyqu,To subh bo‘lib g‘amingda bedor.
Xuni jigarim shaxarda sharbat,Yuz pora ko‘ngul kabobi tayyor.
Oz toqatimu ko‘b e‘tiqodim,Ey senga fido, bu ozu bisyor.
Ey qoshi kamon, mujang o‘qidin,Yuz chok ko‘ngul, bog‘irlar afgor.
Avbosh hujumi bir tarafdin,Bir sori jafoyi ta‘ni ag‘yor.
Bedard izosi bir tarafdin,Bir sori jafoyi charxi g‘addor.
Qon yig‘lamayin hamisha Furqat,Netsun senga bo‘lsa oshiqi zor.
Oxirgi o'qilgan joydan davom etildi
0:000:00
Assalomu alaykum!Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.
ArxivchiArxiv yordamchisi — so'rang
ArxivchiMerosLegacy arxiv yordamchisi
Javoblar arxiv ma'lumotlari asosida sun'iy intellekt yordamida tayyorlanadi.
MerosPlayer
MerosPlayer — saytdagi barcha maqom, xalq va bastakorlik yozuvlari bitta pleerda: ketma-ket yoki aralash, telefon ekrani o'chiq bo'lsa ham. Tinglash uchun saytga kiring — bu bepul.
Kirish / ro'yxatdan o'tish