Музыкальный образец

Mo'g'ulchai Segoh

Мўғулчаи Сегоҳ

Как сослаться в научной работе

Если вы используете MerosLegacy в курсовой, дипломе, диссертации или статье, укажите источник так. Дата обращения — сегодняшняя.

GOSTдля вузов Узбекистана и СНГ

Mo'g'ulchai Segoh : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — архив узбекского макомного наследия : [сайт]. – URL: https://meroslegacy.uz/ru/kuy/mogulchai-segoh/ (дата обращения: 23.11.2026). Источник нот: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, V jild — Segoh · с. 72–78.

APAдля международных статей

MerosLegacy. (n.d.). Mo'g'ulchai Segoh : Buxoro shashmaqomi, Segoh, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/ru/kuy/mogulchai-segoh/

Ноты (PDF)

Читайте ноты прямо здесь или скачайте

Паспорт нот
Страницы
с. 72–78
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Mo'g'ulchai Segoh
Navoiy

Ko‘nglum olgach ul pari majnuni shaydo qildilo,Aqlu xo‘shimni junun dashtida yag‘mo qildilo.

O‘zgacha zulmu taaddilar bila qonim to‘kar,Turfa erdi, turfa ishlar dog‘i paydo qildilo.

Hurmatu tavqiy tutar erdi, vale, mast otlanib,Boshima chopmoq bila olamga rasvo qildilo.

Oh kim, chekdim ko‘rib javlonini beixtiyor,Yoshurin ishqim uluska oshkoro qildilo.

Bexud o‘lg‘och, zulfi zunnarig‘a din naqdin berib,Ishq bozorida ko‘nglum turfa savdo qildilo.

Menmen emdiyu, fano dayrida bo‘lmoq mayparast,Mo‘g‘bacha ishqi ulusqa sirrim ifsho qildilo.

Gar vatan dayr ichra topdim, kimsaga yo‘q hech ayb,Dayri piridin Navoiy bu tamanno qildilo.

Аудиозапись

Слушайте онлайн или сохраните

Части

1

Talqinchai Mo'g'ulchai Segoh

Паспорт нот
Страницы
с. 79–82
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Talqinchai Mo'g'ulchai Segoh
Ogahiy

Ne ajab shikasta ko‘ngul ishi tunu kun fig‘on ila noladurKim, ne g‘am toshiki, falak otar anga lahza-lahza havoladur.

Dema ul pari yuzini qilubdur ixota xalqai zulfikim,Falaki latofat uza oning birisi qamar, biri xoladur.

Yuzum uzra xatti sirishkdin g‘ami ishqim elga ayon o‘lur,Nega kim bu ma’niyki mubham, ul muni sharh etarga risola

G‘ami ishq ichra xaqdir, anglama dudi oh ila qon yoshim,Biri yer yuzi uza g‘ozayu, biri ko‘k boshiga kuloladur.

G‘ami dahridin etibon izo meni xasta ayladi, soqiyo,Karam aylagilki davo anga mayi nob to‘la piyoladur.

Netong Ogahiy nazar aylamas esa bog‘ sori nigorningSochi sunbulu ko‘zi nargisu labi g‘unchayu yuzi loladur.

Аудиозапись

2

Qashqarchai Mo'g'ulchai Segoh

Паспорт нот
Страницы
с. 83–85
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Mo'g'ulchai Segoh
Furqat

O‘rtanur tokay firoqing otashida jonimiz,Jonimizga rahm qil bo‘lsang agar jononimiz.

Sen kabi tovus paykar nega keltursin xirom,Chug‘z qo‘nmas ko‘zga ilmay kulbai vayronimiz.

Qayda bo‘lsang gul yuzing yodida ul erdur biziBog‘imiz, bo‘stonimiz ham ravzai ruzvonimiz.

On qadar qilding jafoyu javrlar, ey sho‘xkim,Oncha bor erdi, chekarga qolmadi imkonimiz.

Nolamizdin kechalar gardun qulog‘i bo‘ldi kar,Ohkim, etmas senga bir nolayu afg‘onimiz.

Seli g‘am, bedodidin et dodimizg‘a, adl qil,Senki bordursan malohat mulkida sultonimiz.

Har zamon ko‘z boshingga sursak agar bir vajhi bor,Ziynat ortar kokilingga shonadur mujgonimiz.

Turmayin axdingda, paymoningni sindurding axir,Na edi avvalda, Furqat, ahd ila paymonimiz.

Аудиозапись

3

Soqiynomai Mo'g'ulchai Segoh

Паспорт нот
Страницы
с. 85–89
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Mo'g'ulchai Segoh
Munis

Sanamo, g‘amingda yoqib falakni fig‘onu nolau ohimiz,Dili sahtinga asar etmadi, nechun erdi baxti siyohimiz.

Ne firoqingga erur intiho, na visolingga erur ibtidoNa tamom o‘lur sitamu jafo, na asar qilur senga ohimiz.

Sen agar inonmas esang firoq aro holi zorimiza bizning,Ruhi zardimiz bila ashki olimiz o‘ldi ikki guvohimiz.

Ne ajab firoqi qaro tuni kunimizga g‘olib emas esa,Ki xayoli zavqi visol erur kunu tun gunash bila mohimiz.

Nega, ey ko‘ngul, tilabon sarir ila toj g‘am aro qolg‘asen,Bor esa farahg‘a chu moya faqr aro bo‘ryovu kulohimiz.

Bizi ko‘rgan el qilur ohu nola dili xazin bila, Muniso,Na ajab jahon aro solsa sho‘rish agar bu holi tabohimiz.

Аудиозапись

4

Ufari Mo'g'ulchai Segoh

Паспорт нот
Страницы
с. 89–91
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Ufari Mo'g'ulchai Segoh
Furqat

Ey lutfi kamu jafosi cho‘x yor!To chand chekay g‘amingda ozor?

Yo‘qdur kechalar ko‘zimda uyqu,To subh bo‘lib g‘amingda bedor.

Xuni jigarim shaxarda sharbat,Yuz pora ko‘ngul kabobi tayyor.

Oz toqatimu ko‘b e‘tiqodim,Ey senga fido, bu ozu bisyor.

Ey qoshi kamon, mujang o‘qidin,Yuz chok ko‘ngul, bog‘irlar afgor.

Avbosh hujumi bir tarafdin,Bir sori jafoyi ta‘ni ag‘yor.

Bedard izosi bir tarafdin,Bir sori jafoyi charxi g‘addor.

Qon yig‘lamayin hamisha Furqat,Netsun senga bo‘lsa oshiqi zor.

Аудиозапись

Ассалому алайкум! Я Архивчи, помощник архива MerosLegacy. Нужен кюй, ноты, текст песни, мастер или запись? Напишите: найду, помогу скачать ноты и послушать.