Musical piece

Rok

Рок

How to cite in academic work

If you use MerosLegacy in a term paper, thesis, dissertation or article, cite the source like this. The access date is today.

GOSTused in Uzbekistan and the CIS

Rok : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive : [website]. – URL: https://meroslegacy.uz/en/kuy/rok/ (accessed: 23.11.2026). Score source: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, I jild — Buzruk · pp. 162–164.

APAfor international journals

MerosLegacy. (n.d.). Rok : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/en/kuy/rok/

Score (PDF)

Read the score here or download it

Score passport
Pages
pp. 162–164
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Rok
Huvaydo

Dilbaro, manga seningdek yori jonon qaydadur?Sanga ham mendek el ichra zoru hayron qaydadur?

Arz etay dodimni sanga, ey pari, dodimga yet,Kishvari ishq ichra sendek adli sulton qaydadur?

Ko‘rgali zulfi parishoning, parishondur ko’ngul,Bul parishon zulfg‘a mendek parishon qaydadur?

Lutf etib, jono, ko’tar oydek jamolingdin niqob,Ko‘rgali husningni, mendek zoru hayron qaydadur?

G‘uncha yanglig‘ qon yutub ishqing bilan xomushman,Bul Huvaydodek sanga bag‘ri to‘la qon qaydadur.

Audio recording

Listen online or save

Parts

1

Talqinchai Rok

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 164–168
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Talqinchai Rok
Uvaysiy

Ayo, dilbar la‘li nobim mening,To‘kuldi qadahdin sharobim mening.

Tanim ichra yoqding judolig‘ o‘tin,Ki o‘rtandi bag‘ri kabobim mening.

Fuzundurki kundin kunga mehnatim,Nag‘u muncha ko‘pdur azobim mening.

Qolon intizoringda chun beshumur,Oqardi bu chashmi pur obim mening.

Ki sendinmu yo tole’imdinmudur,Kim mingdin du bergil javobim mening.

Muyassar emish anda mahbub yuzi,Ki tokay to‘la iztirobim mening.

Tavahhum qiling g‘arq o‘lardin, ulus,Bukun joriy bag‘ri xunobim mening.

Audio recording

2

Qashqarchai Rok

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 168–170
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Rok
Habibiy

Kezarman sayr etib tun-kun,Xiyobonimda, bog‘imda,

Kelib zavqim, urar to‘lqin,Shirin hidlar dimog‘imda.

Sahar bulbul navosida,Chamanning sof havosida,

Quvondim keng fazosida,Go‘zal gullar quchog‘imda.

Oqar o‘ynab totimli suv,Ko‘ring go‘yo tiniq ko‘zgu,

Yuzimda aks etar kulgu,Asal qaynar bulog‘imda.

Dilimda chin sururim bor,Hayotimda huzurim bor,

Mening to tanda jonim bor,So‘zi doim qulog‘imda.

Audio recording

3

Soqiynomai Rok

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 170–173
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Rok
Miskin

Do‘st yalli-yalli, yalli do‘st, do‘st yalli do‘st,Yallolashar kundur bukun.

Meni beqarorlar aylagan,Netay ul pari ko‘zu qoshidur,

Yuragimga ishq o‘tin joylagan,Aning maxfiyona qaroshidur.

Necha noz ila menga so‘z qotib,Ko‘zi kiprigi o‘qini otib,

Qoshi yolarin otib o‘ynatib,Meni o‘ldirurg‘a taloshidur.

Labining sharobini ichgan el,Bilolmas o‘zini oyu yil,

Emas ul bahorida mavj selKi, bu oshiq ahlini yoshidur.

Audio recording

4

Ufari Rok

Score (PDF)

Score passport
Pages
pp. 173–176
Transcribed by
Yunus Rajabiy
Ufari Rok
Habibiy

Bu dalolatlik, shirin davronda dildor o‘ynasin,Har tomonga tashlabon kokillarin, yor o‘ynasin.

Gullasin, tobora avj olsin bu qizg‘in bazmimiz,Sidq ila mehru muhabbat aylab izhor, o‘ynasin.

Aylanib maydon aro bir-bir boqib kulgu bilan,Ko‘p sog‘inganmiz, hama sodiq xaridor, o‘ynasin.

Sof yurak, ozoda yoshlarga yarashgay o‘ynamoq,Zavq ila raqs etgali kimdur sazovor o‘ynasin.

Mehrim ortib, nogihon oh etmayin beixtiyor,Lahza har lahza Habibiyda xabardor o‘ynasin.

Audio recording

Assalomu alaykum! I'm Arxivchi, the MerosLegacy archive assistant. Looking for a piece, a score, lyrics, a master or a recording? Write to me: I'll find it and help you download or listen.