Музыкальный образец

Rok

Рок

Как сослаться в научной работе

Если вы используете MerosLegacy в курсовой, дипломе, диссертации или статье, укажите источник так. Дата обращения — сегодняшняя.

GOSTдля вузов Узбекистана и СНГ

Rok : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — архив узбекского макомного наследия : [сайт]. – URL: https://meroslegacy.uz/ru/kuy/rok/ (дата обращения: 23.11.2026). Источник нот: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, I jild — Buzruk · с. 162–164.

APAдля международных статей

MerosLegacy. (n.d.). Rok : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/ru/kuy/rok/

Ноты (PDF)

Читайте ноты прямо здесь или скачайте

Паспорт нот
Страницы
с. 162–164
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Rok
Huvaydo

Dilbaro, manga seningdek yori jonon qaydadur?Sanga ham mendek el ichra zoru hayron qaydadur?

Arz etay dodimni sanga, ey pari, dodimga yet,Kishvari ishq ichra sendek adli sulton qaydadur?

Ko‘rgali zulfi parishoning, parishondur ko’ngul,Bul parishon zulfg‘a mendek parishon qaydadur?

Lutf etib, jono, ko’tar oydek jamolingdin niqob,Ko‘rgali husningni, mendek zoru hayron qaydadur?

G‘uncha yanglig‘ qon yutub ishqing bilan xomushman,Bul Huvaydodek sanga bag‘ri to‘la qon qaydadur.

Аудиозапись

Слушайте онлайн или сохраните

Части

1

Talqinchai Rok

Паспорт нот
Страницы
с. 164–168
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Talqinchai Rok
Uvaysiy

Ayo, dilbar la‘li nobim mening,To‘kuldi qadahdin sharobim mening.

Tanim ichra yoqding judolig‘ o‘tin,Ki o‘rtandi bag‘ri kabobim mening.

Fuzundurki kundin kunga mehnatim,Nag‘u muncha ko‘pdur azobim mening.

Qolon intizoringda chun beshumur,Oqardi bu chashmi pur obim mening.

Ki sendinmu yo tole’imdinmudur,Kim mingdin du bergil javobim mening.

Muyassar emish anda mahbub yuzi,Ki tokay to‘la iztirobim mening.

Tavahhum qiling g‘arq o‘lardin, ulus,Bukun joriy bag‘ri xunobim mening.

Аудиозапись

2

Qashqarchai Rok

Паспорт нот
Страницы
с. 168–170
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Qashqarchai Rok
Habibiy

Kezarman sayr etib tun-kun,Xiyobonimda, bog‘imda,

Kelib zavqim, urar to‘lqin,Shirin hidlar dimog‘imda.

Sahar bulbul navosida,Chamanning sof havosida,

Quvondim keng fazosida,Go‘zal gullar quchog‘imda.

Oqar o‘ynab totimli suv,Ko‘ring go‘yo tiniq ko‘zgu,

Yuzimda aks etar kulgu,Asal qaynar bulog‘imda.

Dilimda chin sururim bor,Hayotimda huzurim bor,

Mening to tanda jonim bor,So‘zi doim qulog‘imda.

Аудиозапись

3

Soqiynomai Rok

Паспорт нот
Страницы
с. 170–173
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Soqiynomai Rok
Miskin

Do‘st yalli-yalli, yalli do‘st, do‘st yalli do‘st,Yallolashar kundur bukun.

Meni beqarorlar aylagan,Netay ul pari ko‘zu qoshidur,

Yuragimga ishq o‘tin joylagan,Aning maxfiyona qaroshidur.

Necha noz ila menga so‘z qotib,Ko‘zi kiprigi o‘qini otib,

Qoshi yolarin otib o‘ynatib,Meni o‘ldirurg‘a taloshidur.

Labining sharobini ichgan el,Bilolmas o‘zini oyu yil,

Emas ul bahorida mavj selKi, bu oshiq ahlini yoshidur.

Аудиозапись

4

Ufari Rok

Паспорт нот
Страницы
с. 173–176
Записал ноты
Yunus Rajabiy
Ufari Rok
Habibiy

Bu dalolatlik, shirin davronda dildor o‘ynasin,Har tomonga tashlabon kokillarin, yor o‘ynasin.

Gullasin, tobora avj olsin bu qizg‘in bazmimiz,Sidq ila mehru muhabbat aylab izhor, o‘ynasin.

Aylanib maydon aro bir-bir boqib kulgu bilan,Ko‘p sog‘inganmiz, hama sodiq xaridor, o‘ynasin.

Sof yurak, ozoda yoshlarga yarashgay o‘ynamoq,Zavq ila raqs etgali kimdur sazovor o‘ynasin.

Mehrim ortib, nogihon oh etmayin beixtiyor,Lahza har lahza Habibiyda xabardor o‘ynasin.

Аудиозапись

Ассалому алайкум! Я Архивчи, помощник архива MerosLegacy. Нужен кюй, ноты, текст песни, мастер или запись? Напишите: найду, помогу скачать ноты и послушать.