Ortga qaytish
Musiqiy namuna
Rok
Рок
Ilmiy ishda qanday keltirish
×
Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.
GOST O'zbekiston va MDH oliy ta'limida
Rok : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/rok/ (murojaat sanasi: 23.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, I jild — Buzruk · 162–164-betlar.
Nusxa olish
APA Xalqaro maqolalar uchun
MerosLegacy. (n.d.). Rok : Buxoro shashmaqomi, Buzruk, Nasr, 2 Guruh shobasi . MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 23, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/rok/
Nusxa olish
Musiqiy nota (PDF)
Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling
Nota pasporti
Sahifalar 162–164-betlar
Notaga olgan Yunus Rajabiy
Rok
Huvaydo
Dilbaro, manga seningdek yori jonon qaydadur? Sanga ham mendek el ichra zoru hayron qaydadur?
Arz etay dodimni sanga, ey pari, dodimga yet, Kishvari ishq ichra sendek adli sulton qaydadur?
Ko‘rgali zulfi parishoning, parishondur ko’ngul, Bul parishon zulfg‘a mendek parishon qaydadur?
Lutf etib, jono, ko’tar oydek jamolingdin niqob, Ko‘rgali husningni, mendek zoru hayron qaydadur?
G‘uncha yanglig‘ qon yutub ishqing bilan xomushman, Bul Huvaydodek sanga bag‘ri to‘la qon qaydadur.
Audio ijro
Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling
Shaxobchalari
Nota pasporti
Sahifalar 164–168-betlar
Notaga olgan Yunus Rajabiy
Talqinchai Rok
Uvaysiy
Ayo, dilbar la‘li nobim mening, To‘kuldi qadahdin sharobim mening.
Tanim ichra yoqding judolig‘ o‘tin, Ki o‘rtandi bag‘ri kabobim mening.
Fuzundurki kundin kunga mehnatim, Nag‘u muncha ko‘pdur azobim mening.
Qolon intizoringda chun beshumur, Oqardi bu chashmi pur obim mening.
Ki sendinmu yo tole’imdinmudur, Kim mingdin du bergil javobim mening.
Muyassar emish anda mahbub yuzi, Ki tokay to‘la iztirobim mening.
Tavahhum qiling g‘arq o‘lardin, ulus, Bukun joriy bag‘ri xunobim mening.
Nota pasporti
Sahifalar 168–170-betlar
Notaga olgan Yunus Rajabiy
Qashqarchai Rok
Habibiy
Kezarman sayr etib tun-kun, Xiyobonimda, bog‘imda,
Kelib zavqim, urar to‘lqin, Shirin hidlar dimog‘imda.
Sahar bulbul navosida, Chamanning sof havosida,
Quvondim keng fazosida, Go‘zal gullar quchog‘imda.
Oqar o‘ynab totimli suv, Ko‘ring go‘yo tiniq ko‘zgu,
Yuzimda aks etar kulgu, Asal qaynar bulog‘imda.
Dilimda chin sururim bor, Hayotimda huzurim bor,
Mening to tanda jonim bor, So‘zi doim qulog‘imda.
Nota pasporti
Sahifalar 170–173-betlar
Notaga olgan Yunus Rajabiy
Soqiynomai Rok
Miskin
Do‘st yalli-yalli, yalli do‘st, do‘st yalli do‘st, Yallolashar kundur bukun.
Meni beqarorlar aylagan, Netay ul pari ko‘zu qoshidur,
Yuragimga ishq o‘tin joylagan, Aning maxfiyona qaroshidur.
Necha noz ila menga so‘z qotib, Ko‘zi kiprigi o‘qini otib,
Qoshi yolarin otib o‘ynatib, Meni o‘ldirurg‘a taloshidur.
Labining sharobini ichgan el, Bilolmas o‘zini oyu yil,
Emas ul bahorida mavj sel Ki, bu oshiq ahlini yoshidur.
Nota pasporti
Sahifalar 173–176-betlar
Notaga olgan Yunus Rajabiy
Ufari Rok
Habibiy
Bu dalolatlik, shirin davronda dildor o‘ynasin, Har tomonga tashlabon kokillarin, yor o‘ynasin.
Gullasin, tobora avj olsin bu qizg‘in bazmimiz, Sidq ila mehru muhabbat aylab izhor, o‘ynasin.
Aylanib maydon aro bir-bir boqib kulgu bilan, Ko‘p sog‘inganmiz, hama sodiq xaridor, o‘ynasin.
Sof yurak, ozoda yoshlarga yarashgay o‘ynamoq, Zavq ila raqs etgali kimdur sazovor o‘ynasin.
Mehrim ortib, nogihon oh etmayin beixtiyor, Lahza har lahza Habibiyda xabardor o‘ynasin.
Dilbaro, manga seningdek yori jonon qaydadur? Sanga ham mendek el ichra zoru hayron qaydadur?
Arz etay dodimni sanga, ey pari, dodimga yet, Kishvari ishq ichra sendek adli sulton qaydadur?
Ko‘rgali zulfi parishoning, parishondur ko’ngul, Bul parishon zulfg‘a mendek parishon qaydadur?
Lutf etib, jono, ko’tar oydek jamolingdin niqob, Ko‘rgali husningni, mendek zoru hayron qaydadur?
G‘uncha yanglig‘ qon yutub ishqing bilan xomushman, Bul Huvaydodek sanga bag‘ri to‘la qon qaydadur.
Ayo, dilbar la‘li nobim mening, To‘kuldi qadahdin sharobim mening.
Tanim ichra yoqding judolig‘ o‘tin, Ki o‘rtandi bag‘ri kabobim mening.
Fuzundurki kundin kunga mehnatim, Nag‘u muncha ko‘pdur azobim mening.
Qolon intizoringda chun beshumur, Oqardi bu chashmi pur obim mening.
Ki sendinmu yo tole’imdinmudur, Kim mingdin du bergil javobim mening.
Muyassar emish anda mahbub yuzi, Ki tokay to‘la iztirobim mening.
Tavahhum qiling g‘arq o‘lardin, ulus, Bukun joriy bag‘ri xunobim mening.
Kezarman sayr etib tun-kun, Xiyobonimda, bog‘imda,
Kelib zavqim, urar to‘lqin, Shirin hidlar dimog‘imda.
Sahar bulbul navosida, Chamanning sof havosida,
Quvondim keng fazosida, Go‘zal gullar quchog‘imda.
Oqar o‘ynab totimli suv, Ko‘ring go‘yo tiniq ko‘zgu,
Yuzimda aks etar kulgu, Asal qaynar bulog‘imda.
Dilimda chin sururim bor, Hayotimda huzurim bor,
Mening to tanda jonim bor, So‘zi doim qulog‘imda.
Do‘st yalli-yalli, yalli do‘st, do‘st yalli do‘st, Yallolashar kundur bukun.
Meni beqarorlar aylagan, Netay ul pari ko‘zu qoshidur,
Yuragimga ishq o‘tin joylagan, Aning maxfiyona qaroshidur.
Necha noz ila menga so‘z qotib, Ko‘zi kiprigi o‘qini otib,
Qoshi yolarin otib o‘ynatib, Meni o‘ldirurg‘a taloshidur.
Labining sharobini ichgan el, Bilolmas o‘zini oyu yil,
Emas ul bahorida mavj sel Ki, bu oshiq ahlini yoshidur.
Bu dalolatlik, shirin davronda dildor o‘ynasin, Har tomonga tashlabon kokillarin, yor o‘ynasin.
Gullasin, tobora avj olsin bu qizg‘in bazmimiz, Sidq ila mehru muhabbat aylab izhor, o‘ynasin.
Aylanib maydon aro bir-bir boqib kulgu bilan, Ko‘p sog‘inganmiz, hama sodiq xaridor, o‘ynasin.
Sof yurak, ozoda yoshlarga yarashgay o‘ynamoq, Zavq ila raqs etgali kimdur sazovor o‘ynasin.
Mehrim ortib, nogihon oh etmayin beixtiyor, Lahza har lahza Habibiyda xabardor o‘ynasin.
Oxirgi o'qilgan joydan davom etildi Boshidan
Assalomu alaykum!
Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.
×
Arxivchi Arxiv yordamchisi — so'rang
Javoblar arxiv ma'lumotlari asosida sun'iy intellekt yordamida tayyorlanadi.