Музыкальный образец
Nasri Ushshoq
Насри Ушшоқ
Ноты (PDF)
Читайте ноты прямо здесь или скачайте
- Страницы
- с. 50–54
- Записал ноты
- Yunus Rajabiy
Agar gulshanga kirsa sarv gulro‘yim xirom aylab,Yugurgay sarvu gul yuz marhabo birla salom aylab.
Xiromon keldi yoru qomati ta’zimig‘a bexud,Yiqildim soyadek, yerdin turarg‘a iltizom aylab.
Qilurg‘a kunduzimni kecha xurshidi jamol uzra,Parishon ayladi gisularin, subhimni shom aylab.
Masih azmi spehr aylab quyoshg‘a bo‘ldi hamsoya,Bo‘lur himmat bila aflok ustida maqom aylab.
Ko‘ngul sayd etgali omoda qilmish ishq sayyodi,Pariro‘lar kamandi halqai zulfini dom aylab.
Qalam tahrir etarda nayshakardin bo‘lsa tong ermas,Labing vasfini aylar Nodira shirin kalom aylab.
Аудиозапись
Слушайте онлайн или сохраните
Части
Тароны — одной записью
Все тароны исполнены подряд; ноты и текст каждой тароны — ниже, отдельно.
Tarona I
Ноты (PDF)
- Страницы
- с. 54–56
- Записал ноты
- Yunus Rajabiy
Jon berurman yetsa ming kulfatki jonon yo‘lida,Na emish ko‘z abridin to‘kmakki boron yo‘lida.
Mahrum etti ko‘zlarim xattin tomoshosidan ul,Ul sababdin ko‘z yoshimdan undi rayhon yo‘lida.
Kezdim ul sahroda homun tog‘i-tosh fahm aylabon,Hasratidin qon yutib ul la’li marjon yo‘lida.
Tarona II
Ноты (PDF)
- Страницы
- с. 56–57
- Записал ноты
- Yunus Rajabiy
Yor-yorlig‘idin ko‘ngulni xursand etdim,Ruhim qushini tori birla band etdim.Ko‘nglumni ne nav’ uzay o‘shal yog‘lig‘din,Jon rishtasini torig‘a payvand etdim.