Musiqiy namuna

Nasri Ushshoq

Насри Ушшоқ

Ilmiy ishda qanday keltirish

Kurs ishi, diplom, dissertatsiya yoki maqolada MerosLegacy dan foydalansangiz, manbani shunday ko'rsating. Murojaat sanasi bugungi kun.

GOSTO'zbekiston va MDH oliy ta'limida

Nasri Ushshoq : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 1 Guruh shobasi // MerosLegacy — o‘zbek maqom merosi arxivi : [sayt]. – URL: https://meroslegacy.uz/kuy/nasri-ushshoq/ (murojaat sanasi: 24.11.2026). Nota manbasi: Yunus Rajabiy. Shashmaqom, II jild — Rost · 50–54-betlar.

APAXalqaro maqolalar uchun

MerosLegacy. (n.d.). Nasri Ushshoq : Buxoro shashmaqomi, Rost, Nasr, 1 Guruh shobasi. MerosLegacy — Uzbek maqom heritage archive. Retrieved November 24, 2026, from https://meroslegacy.uz/kuy/nasri-ushshoq/

Musiqiy nota (PDF)

Nota yozuvini shu yerda o'qing yoki yuklab oling

Nota pasporti
Sahifalar
50–54-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Nasri Ushshoq
Nodira

Agar gulshanga kirsa sarv gulro‘yim xirom aylab,Yugurgay sarvu gul yuz marhabo birla salom aylab.

Xiromon keldi yoru qomati ta’zimig‘a bexud,Yiqildim soyadek, yerdin turarg‘a iltizom aylab.

Qilurg‘a kunduzimni kecha xurshidi jamol uzra,Parishon ayladi gisularin, subhimni shom aylab.

Masih azmi spehr aylab quyoshg‘a bo‘ldi hamsoya,Bo‘lur himmat bila aflok ustida maqom aylab.

Ko‘ngul sayd etgali omoda qilmish ishq sayyodi,Pariro‘lar kamandi halqai zulfini dom aylab.

Qalam tahrir etarda nayshakardin bo‘lsa tong ermas,Labing vasfini aylar Nodira shirin kalom aylab.

Audio ijro

Taronani onlayn tinglang yoki saqlab oling

Shaxobchalari

Taronalar — bitta yozuvda

Barcha taronalar ketma-ket ijro etilgan; har bir taronaning notasi va matni quyida alohida.

1

Tarona I

Nota pasporti
Sahifalar
54–56-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona I
Uvaysiy

Jon berurman yetsa ming kulfatki jonon yo‘lida,Na emish ko‘z abridin to‘kmakki boron yo‘lida.

Mahrum etti ko‘zlarim xattin tomoshosidan ul,Ul sababdin ko‘z yoshimdan undi rayhon yo‘lida.

Kezdim ul sahroda homun tog‘i-tosh fahm aylabon,Hasratidin qon yutib ul la’li marjon yo‘lida.

2

Tarona II

Nota pasporti
Sahifalar
56–57-betlar
Notaga olgan
Yunus Rajabiy
Tarona II
Bobur

Yor-yorlig‘idin ko‘ngulni xursand etdim,Ruhim qushini tori birla band etdim.Ko‘nglumni ne nav’ uzay o‘shal yog‘lig‘din,Jon rishtasini torig‘a payvand etdim.

Assalomu alaykum! Men Arxivchiman — MerosLegacy arxivi yordamchisi. Kuy, nota, she'r matni, ustoz yoki audio kerakmi? Yozing — topib beraman, notani yuklab olish va tinglashga ham yordam beraman.